iPhone 14 qatoridagi modellar jonli suratda

iPhone 14 qatoridagi modellar jonli suratda

Apple'ning bu yilgi iPhone 14 smartfonlarini taqdim qilishiga sanoqli oylar qolgani sari, Internetda yangi avlod ayfoni haqida ma'lumotlar ham ko'payib bormoqda. Biz bir necha hafta oldin bo'lajak iPhone 14 Pro Max modelining o'ta realistik maketini bilan tanishgan edik. Kecha esa butun dunyo o'rgimchak to'rida iPhone 14 qatoridagi barcha modellarning yonma-yon qo'yib taqqoslangan maketlarining jonli suratlari tarqatildi.

Ko'rish mumkinki, suratda faqat to'rtta model bor (Mini modeli bo'lmasligi allaqachon ma'lum bo'lgan edi) va ular faqat ikki xil o'lchamda: iPhone 14 va Max 6.1 dyuymli, iPhone 14 Pro va Pro Max 6.7 dyuymli ekran o'lchamiga ega.

Shuningdek, Pro modellari sezilarli darajadagi o'zgarishlarga ega. Ularning old ekrandagi Face ID va kamera sensorlari tabletka dori va yumaloq shakldagi yangicha kichik tirqishlarga joylashtirilgan. Oddiy 14 modellari esa eski, katta qora tirqish dizaynini saqlab qoladi.

Smartfonlarning orqa tomoniga qaraydigan bo'lsak, 14 va 14 Max modellar avvalgi iPhone qatoridagi kabi diagonal joylashgan ikkilik kamerasiga ega bo'lib, yaltiroq orqa panelga ega.

Yaltiroq bo'lmagan, xira orqa panel bilan ta'minlangan iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max esa 48MP bo'lishi tahmin qilinayotgan kattaroq uchlik kameraga ega. Sensorlar oldingisidan ko'ra yanada kattaroq bo'lishi aytilayotgan edi va bilinib turibdiki, iPhone 14 Pro modelining orqa kamera oroli eniga smartfonning yarmidan ko'pini egallagan.

Tahminlarga ko'ra, iPhone 14 seriyasi kuz faslida, aniqrog'i 13-sentabrda chiqarilishi kutilmoqda.

O'QING: Apple tez kunda o'zining virtual reallik qurilmasini taqdim qilishi mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!