iPhone 14 seriyasidagi smartfonlar qanchalik yaxshi ishlaydi?

iPhone 14 seriyasidagi smartfonlar qanchalik yaxshi ishlaydi?

Kecha biz AnTuTu'ga ko‘ra sentyabrning eng kuchli Android flagman va o‘rta flagmanlari ro‘yxati bilan tanishgan edik. Bugun esa eng kuchli Apple smartfon va planshetlari top o‘ntalik ro‘yxatini ko‘rib chiqamiz.

Apple sentyabr boshida o‘zining iPhone 14 seriyasini taqdim qildi. Tabiiyki, yangi smartfonlar o‘zining avvalgilaridan yaxshi ishlaydi. Biroq, iPhone 14 Pro smartfonlari top uchlikni planshetlarga boy berishgan: iPad Pro 5'ning ikki modeli Apple'ning M1 chiplari bilan birinchi va ikkinchi o‘rinlarni band qilgan bo‘lsa, iPad Air 5 xuddi shunday chip bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

iPhone 14 Pro Apple'ning yangi avlod Bionic chipi, A16 bilan to‘rtinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lgan. Qizig‘i shundaki, undan kattaroq, shu bilan birga, qimmatroq bo‘lgan iPhone 14 Pro Max esa xuddi shu A16 chipi bilan beshinchi o‘ringa tushib qolgan. AnTuTu ekspertlariga ko‘ra, bunga smartfonning katta ekrani sabab bo‘lgan. Garchi smartfonlar deyarli bir xil texnik xususiyatlarga ega bo‘lganda ham, iPhone 14 Pro Max kattaroq displeyga ega.

Oltinchi o‘rindagi 12.9 dyuymli iPad Pro 3'dan keyin, yettinchi va sakkizinchi o‘rinlar ketma-ket o‘tgan yilgi iPhone 13 Pro Max va iPhone 13 Pro smartfonlariga tegishli. To‘qqizinchi o‘rinni iPad Pro 4 plansheti A12Z Bionic bilan egallagan bo‘lsa, xuddi shunday chipli iPhone 14 top o‘nlikni yakunlab beradi.

O‘QING: iPhone 6'ning davri o‘tdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!