iPhone 14 seriyasining xotira hajmi ikki barobarga oshadi

iPhone 14 seriyasining xotira hajmi ikki barobarga oshadi

iPhone 14 seriyasining taqdim etilishiga hali bir yil vaqt bor, lekin yangi avlod iPhone'lari haqidagi mish-mishlar internetda keng tarqalmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Apple keyingi yilgi iPhone'larning maksimal xotirasini ikki barobarga oshiradi.

Bu yilgi iPhone'larning xotira hajmi ham ikki barobarga oshgan edi, ya’ni iPhone 13 Pro va Pro Max'larning 1TB xotiraga ega bo‘lgan turlari sotuvga chiqarilgan. Agar mish-mishlar to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, iPhone 14 seriyasidagi smartfonlar 2TB xotiraga ega bo‘ladi.

Manba qaysi model 2TB xotiraga ega bo‘lishini aniq aytmagan bo‘lsa-da, katta ehtimol bilan Pro hamda Pro Max modellari 2TB xotiraga ega bo‘ladi. Qolgan modellarning xotirasi esa 512GB dan 1TB oshiriladi.

Apple kompaniyasi iPhone'larning xotirasini nima uchun kengaytiryotgani noma’lum. Biroq kameraning yangi funksiya va imkoniyatlari kattaroq hajmli xotirani talab qilmoqda. ProRes videolarini 4K format, 30 kadr/sekund tezlikda yozish uchun bu yilgi Pro va Pro Max modellari kamida 256GB xotiraga ega bolishi kerak. 128GB xotiraga ega versiyalarda esa ProRes funksiyasi 1080p 30 kadr/sekund bilan cheklangan.

Xabarlar faqat mish-mishlarga asoslangan, shuningdek, iPhone 14 seriyasining taqdim etilishiga hali uzoq vaqt bor. Ungacha turli xil shunday norasmiy xabar tarqalishi davom etadi.

O‘QING: Mark Gurman: "Apple barmoq izi skanerini sinab ko‘rdi hamda undan voz kechdi"

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.