iPhone 14 smartfonlarining sxematik fon suratlari chiqarildi

iPhone 14 smartfonlarining sxematik fon suratlari chiqarildi

Basic Apple Guy taxallusli mohir dizayner iPhone 14, iPhone 14 Plus, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max smartfonlarining ichki qismlarini o'ta mayda detallarigacha ko'rsatib turadigan sxematik fon suratlarini yaratdi.

Dizaynerning aytishicha, ushbu rasmlar bir necha oy davomida yoxud 21-sentabrdan keyin iFixit smartfonlarning parchalangan qismlari suratlarini chiqarganidan so'ng, ularga asoslangan holda tayyorlangan. Ta'kidlash joizki, iPhone 14 Plus modeli uchun ishlab chiqilgan maxsus dizayn 482 qismlardan tashkil topgan bo'lsa, iPhone 14 Pro modeli 2367 bo'laklardan yaratilgan.

Suratlar faqat oq-qora emas. Ta'bingizga ko'ra, iPhone 14 va iPhone 14 Plus uchun fon suratlarini moviy, binafsha, to'q-ko'k, "yulduz nuri" va qizil ranglarda, iPhone 14 Pro va Pro Max modellari uchun esa kosmik qora, binafsha, kumush, oltin va to'q-ko'k ranglarda mana bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

O'QING: iPhone 15 yangicha dizayn bilan mana shunday ko‘rinishda bo‘ladi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!