iPhone 14 smartfonlarining batareya hajmi qancha?

iPhone 14 smartfonlarining batareya hajmi qancha?

Android smartfon ishlab chiqaruvchilaridan farqli o'laroq Apple o'zining yangi smartfonlari taqdimotida ularning qancha batareya hajmiga ekanligini ma'lum qilmaydi. Garchi kompaniya yaqinda o'tkazgan "Far Out" tadbiri davomida yangi iPhone 14 smartfonlari "butun kunga yetadigan batareyaga ega" ekanligini aytgan bo'lsa ham, ko'pchilik uchun qurilmalarga aynan qanchalik hajmdagi batareya o'rnatilganligi, albatta, qiziq. 

MacRumors nashrining Xitoy regulatori ma'lumotlar bazasidan olgan ma'lumotlarga ko'ra, iPhone 14 qatoridagi ma'lumotlar quyidagicha batareya hajmiga ega:

  • iPhone 14: 3,279 mAh
  • iPhone 14 Plus: 4,325 mAh
  • iPhone 14 Pro: 3,200 mAh
  • iPhone 14 Pro Max: 4,323 mAh

Taqqoslash uchun iPhone 13 qatoridagi modellar quyidagicha batareya hajmiga ega edi:

  • iPhone 13 mini: 2,406 mAh
  • iPhone 13: 3,227 mAh
  • iPhone 13 Pro: 3,095 mAh
  • iPhone 13 Pro Max: 4,352 mAh

Ko'rib turganingizdek, yangi taqdim qilingan iPhone 14 qatoridagi to'rtta smartfonning uchtasiga oldingilaridan biroz bo'lsada kattaroq batareya o'rnatilgan. Biroq, iPhone 14 Pro Max modeli, avvalgi iPhone 13 Pro Max'ga qaraganda kamroq batareya hajmiga ega.

Apple veb-saytida keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, iPhone 14, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max modellari xuddi shunday iPhone 13 modellariga qaraganda 1 soat uzoqroq oflayn video tomosha qilishga yetadi (iPhone 14 Plus uchun hozircha to'g'ridan-to'g'ri taqqoslanadigan model yo'q).

Aytish mumkinki, iPhone 14 Plus o'zinining kattaroq tanasi bilan kattaroq batareya hajmiga ega va unda ba'zi Pro xususiyatlarning mavjud emasligi hisob olib, uni yangi avlod iPhone'lari qatorida batareyasi eng uzoqqa yetadigan model deyish mumkin.

O'QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (36 hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.