iPhone 14 va 14 Plus - nimalar o‘zgaradi?

iPhone 14 va 14 Plus - nimalar o‘zgaradi?

Endi mini model yo‘q, 6.1 dyuymli iPhone 14 yangi seriyadagi eng kichik va eng arzon modelga aylandi. Seriyaga yangi 6.7 dyuymli Pro bo‘lmagan model qo‘shildi - bu iPhone 14 Plus. 

Plus modeliga katta hajmli akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, to‘liq quvvat bilan 26 soat video tomosha qilish mumkin. Bu ko‘rsatkich iPhone 14 modelida 20 soat, iPhone 13'da esa 19 soatni tashkil qiladi. Qo‘shimcha hajm sabab kompaniya qurilma unumdorligini oshirish uchun sovutish tizimini ham takomillashtirdi. 

Ikki smartfonga o‘tgan yilgi A15 Bionic chipi o‘rnatilgan. Bu iPhone 13 hamda 13 mini modellaridagi to‘rt yadroli emas, balki Pro modellaridagi besh yadroli protsessor hisoblanadi. Shuning uchun yangi modellar o‘tgan yilgi Pro bo‘lmagan modellarga qaraganda 18% yuqori grafik ustunligini taqdim etadi. 

Apple chiplari unumdorlik jihatidan ancha kuchli, shuning uchun kompaniya ikki smartfonning ishlash tezligini har qanday narxdagi Android smartfondan baland hisoblamoqda. Chipdagi o‘zgarish kamera sifatini yaxshilashga ham yordam bergan. 

iPhone 14 va 14 Plus hamon 12 megapikselli kameralar bilan jihozlangan. Asosiy kamera 1.9 mikron piksel hamda f/1.5 diafragmadagi kattalashgan sensorga ega. Shunday qilib, yangi modellardagi kamera iPhone 13'nikiga nisbatan 49% ko‘proq yorug‘likni qabul qiladi. Fotonik dvigatel kam yorug‘likdagi fotosuratlar sifatini yaxshilaydi. Past yorug‘likda iPhone 13 bilan solishtirganda iPhone 14 modellarining selfi hamda ultrakeng kamerasi ikki barobar, asosiy kamerasi esa ikki yarim barobar yaxshiroq suratlarni taqdim etadi. 

Action rejimi ham yangi xususiyatlardan biri bo‘lib, u kamerani stabilizatsiya bilan ta’minlaydi. Shuningdek, kamera endi Dolby Vision HDR'ni qo‘llab-quvvatlaydi. Kamera hali ham maksimal 4K 60 kadr formatda suratga oladi.

iPhone 14 juftligi hali ham TrueDepth kamerasi uchun “qosh“ dizayndan foydalanadi, oddiy modellarning old kamerasi birinchi marta avtofokusga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, selfi kamera yorqinroq f/1.9 diafragma sabab 38% ko‘proq yorug‘likni qabul qilishi mumkin.

Kamerlaraga oid ma’lumotlar yetarli bo‘ldi. Endi smartfon qanday bog‘lanishga ega ekanini haqida gaplashamiz. Bu yerda ikkita yangilik bor: birinchisi sun’iy yo‘ldoshga ulanish xususiyati, ikkinchisi faqat eSIM bilan ishlash imkoniyati. 

Sun’iy yo‘ldosh xususiyati katta antennalarsiz sun’iy yo‘ldoshga xabar jo‘natish uchun yangi apparat va dasturlarni talab qiladi. Bu xizmat faqat matnli bo‘lib, asosan favqulodda vaziyatlarda ishlatiladi, lekin u ikki tomonlama aloqani ham qo‘llab-quvvatlaydi, ya’ni qutqaruv guruhi yo‘lga otlanganda bu haqida yordamga muhtoj odam ogohlantiriladi. “Find My“ ilovasi do‘stlaringizga sizni kuzatib borishi uchun joylashuvingizni jo‘natib turadi. 

Vaziyatni tushuntirish uchun maxsus xabarlar yozish mumkin, buning uchun bir nechta maxsus tayyorlangan savollar orqali batafsil SOS xabarini yuborsa bo‘ladi. Osmon ochiq ko‘rinadigan joylarda xabar taxminan 15 soniyada uzatiladi, agar tepada daraxtlar bo‘lsa, bu bir necha daqiqa vaqt olishi mumkin. Sun’iy yo‘ldosh xizmati noyabr oyida AQSh va Kanadadagi foydalanuvchilar uchun ishga tushadi. iPhone 14 egalari 2 yillik bepul obunaga ega bo‘lishadi.

Apple smart soatlaridagi halokatni aniqlash funksiyasi iPhone 14 modellarida ham mavjud. AQSh uchun chiqariladigan modellar faqat eSIM kartalarini qabul qiladi. Ular, shuningdek, ikkita eSIM kartani qo‘llab-quvvatlaydi. 

Ikki qurilmaga oldindan buyurtma berish 9 sentyabrdan boshlanadi. iPhone 14 modelining narxi 799 dollar, iPhone 14 Plus'ning narxi esa 899 dollardan boshlanadi. Ikkala modelning 128/256/512GB xotiraga ega turlari mavjud. 

O‘QING: iPhone 14 puliga bitta Watch Ultra! 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!