iPhone 15 bazoviy modelining CAD renderlari Apple sirlarini oshkor qildi!

iPhone 15 bazoviy modelining CAD renderlari Apple sirlarini oshkor qildi!

Apple'ning iPhone 14 smartfonlari uchun qiziqish kamayib borar ekan, yangi avlod iPhone 15 seriyasiga oid mish-mishlar ko'payib bormoqda. iPhone 15 Pro modelining CAD renderlari chiqqanidan bir hafta o'tib, 9To5Mac bu safar qatordagi oddiy model – iPhone 15 CAD renderlarini ulashdi. Ular bo'lajak flagmanda bo'ladigan o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi.

iPhone 15 Pro chapda, iPhone 15 o'ngda. Foto: 9To5Mac

Ma'lum bo'lishicha, iPhone 15 smartfonida bo'ladigan eng sezilarli ancha yillardan beri tanqid qilib kelinadigan katta tirqish yoxud xalq tili bilan aytgan "cholka"ning o'rniga dinamik orol qo'llanilishi bo'ladi. O'tgan yilgi, ya'ni hozirgi iPhone 14 seriyasining Pro modellarida taqdim qilingan ushbu funksiya ekran yuqori markazidan biroz pastda joylashgan, Face ID va kamera sensorlarini o'z ichiga olgan uzunchoq oval shaklidagi tirqish bilan birga ishlaydi. Shunday qilib, iPhone 15 seriyasidagi barcha modellar dinamik orolga ega bo'ladi va bu avval tarqatilgan mish-mishlarni tasdiqlaydi.

iPhone 15 Pro chapda, iPhone 15 o'ngda. Foto: 9To5Mac

E'tiborli o'zgarishlarning yana biri shundaki, iPhone 15 hozirgi boshlang'ich modellardan ko'ra kattaroq – 6.2 dyuymli displeyga ega bo'ladi. Hozircha, displey o'lchami, yangilanish tezligi va boshqalar haqida qo'shimcha ma'lumotlar yo'q, shunday ekan, ular haqida bir nima deb bo'lmaydi.

iPhone 15 Pro chapda, iPhone 15 o'ngda. Foto: 9To5Mac

CAD renderlarida aniqlangan yana bir o'zgarish bu iPhone 15 ham, Pro modellar kabi USB Type-C portiga ega bo'lishidir. Ta'kidlash joizki, bu muxlislar Apple'dan ancha yillardan beri so'rab kelayotgan edi, chunki USB-C kompaniyaning hozirgi Lightning texnologiyasidan ancha tezroq ma'lumotlar ulashinuvi va tezkor zaryadlashni qo'llab-quvvatlaydi.

iPhone 15 chapda, iPhone 15 Pro o'ngda. Foto: 9To5Mac

Shuningdek, CAD renderlarga qaraganda Apple bazoviy model uchun ikkilik kamera joylashuvini saqlab qoladi, uchinchi kamera va LiDAR sensori esa Pro modellar uchun eksklyuzivligicha qoladigan ko'rinadi.

Boshlang'ich iPhone 15 modelida bo'lmaydigan yana bir xususiyat – bu bosimga sezgir tugmalardir. Ehtimol, ular bu yil faqat Pro modellarga o'rnatiladi. iPhone 15 esa xuddi oldingi smartfonlar kabi jismoniy tugmalarga ega.

Albatta, ushbu renderlar smartfonlarning yakuniy holati aks ettirmaydi va dizayn smartfonlar rasman taqdim qilingunga qadar o'zgarishi mumkin.

O'QING: Realme "mini kapsula"li smartfon chiqaradi!

 
 
 
 
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!