iPhone 15 Pro ekran osti sensorlari bilan - rostdan?

iPhone 15 Pro ekran osti sensorlari bilan - rostdan?

Shu yilning kuz faslida Apple o‘zining yangi iPhone 14 smartfonlarini taqdim qilishi kutilmoqda va mish-mishlardan kompaniya 5 yildan so‘ng vanihoyat o‘z smartfonlari old tirqishi dizaynini o‘zgartirayotgani ma’lum bo‘ldi. Bunda 14 Pro va Pro Max modellari tabletka va yumaloq shakldagi tirqishlarga ega bo‘ladi. Lekin bu kupertinoliklarning so‘nggi manzili emas.

Koreyalik manbaning xabar berishicha, Samsung Display kompaniyasi hozirda OTI Lumionics bilan hamkorlikda yangi avlod ekran osti texnologiyasi ustida ishlashmoqda va bu texnologiya birinchi bo‘lib keyingi yilda chiqarilishi kutilayotgan Galaxy Z Fold 5 (taxminiy nom) buklamafonlarida debyut qiladi. Aynan shu texnologiyadan Apple o‘zining 2023-yilda chiqarilishi kutilayotgan iPhone 15 (taxminiy nom) smartfonlarining Pro modellarida Face ID sensorlarini yashirishda foydalanadi va shunda uning old ekranida faqat yumaloq kamera teshigi bo‘ladi. Shunday qilib Apple bir necha yillardan beri Android smartfonlarda qo‘llanib kelayotgan bitta tirqishli kameralar trendiga qo‘shiladi.

Lekin Apple o‘z smartfonlari dizaynini juda ehtiyotkorlik bilan o‘zgartirishini va innovatsion texnologiyalardan kechroq foydalanishni boshlanishini hisobga olsak, kompaniya bu texnologiyadan ham foydalanishni keyinga surishi ham mumkin.

O‘QING: iPhone 14 Pro: bu safar uning o‘lchamlari haqida

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!