iPhone 15 Pro modellarida jismoniy tugmalar bo‘lmasligi aytilmoqda

iPhone 15 Pro modellarida jismoniy tugmalar bo‘lmasligi aytilmoqda

O‘tgan yilning sentyabr oyida mashhur insayder Ming-Chi Kuo iPhone 15 Pro va 15 Pro Max modellarida hech qanday jismoniy tugma bo‘lmasligini aytgan edi. 

Bugun ham Kuo ushbu masalaga yana bir bor qaytdi. Kuo Apple'ning ta’minot zanjiridagi hamkorlari orasida so‘rov o‘tkazdi. Unga ko‘ra, shu yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqadigan iPhone 15 Pro va Pro Max modellari jismoniy tugmalarga ega bo‘lmaydi. 

Buning o‘rniga ikki qurilmaga jismoniy bo‘lmagan tugmalar o‘rnatiladi. Taptik dvigatellar esa jismoniy bo‘lmagan tugmalar bosilganda o‘zidan vibratsiya beradi. 

Cirrus Logic kompaniyasi Apple'ning ushbu qaroridan katta foyda olishi mumkin. Chunki ushbu kompaniya asosan jismoniy bo‘lmagan tugmalar uchun taptik dvigatellar yetkazib beradi. Kuoning aytishicha, agar bunday tugmalar foydalanuvchilar tomonidan iliq qabul qilinsa, boshqa kompaniyalar ham tezda ushbu yechimga o‘tishni boshlaydilar.

O‘QING: Apple AirPods Lite ustida ishlamoqda (+narxi ma’lum bo‘ldi