iPhone 15 smartfonlari dizayni o'zgarmoqda

iPhone 15 smartfonlari dizayni o'zgarmoqda

Ko'pchilik so'nggi avlod iPhone smartfonlarini stoldan olishga qiynalishini aytadi, chunki smartfon tep-tekis qirrali dizaynga ega va shu sabab stolga yopishib turadi. Yaxshiyamki, qurilmaning bo'rtib chiqib turgan orqa kameralari ishni yengillashtiradi. Biroq, bu navbatdagi iPhone'lar bilan yanada osonlashadi.

iPhone 5C dizayni

Apple'ning yangi avlod iPhone smartfonlari titan tanaga ega bo'lishi avval ham mish-mish qilingan edi. Taniqli insayder, ShrimpApplePro ushbu ma'lumotni yana bir marta tasdiqladi va shu bilan birga u iPhone 15 smartfonlarining orqa tomoni chegaralari yumaloqlangan bo'lishini aytdi. Bu smartfonlar iPhone 5C'ga o'xshash ko'rinish ya'ni old tomoni tekis, lekin orqa tomoni chegaralari biroz yumaloqlangan dizaynga ega bo'ladi.

O'QING: Yangi iOS versiyasi bilan iPhone'lardagi AoD funksiyasidan orqa fonni olib tashlash mumkin

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.