iPhone 15 Ultra'da foydalaniladigan material smartfonni yanada mustahkam, yengil va qimmat qiladi

iPhone 15 Ultra'da foydalaniladigan material smartfonni yanada mustahkam, yengil va qimmat qiladi

Apple kompaniyasi 2017-yilgi iPhone X seriyasidan beri o'zining premium smartfonlarini zanglamas po'latdan yasab keladi. Biroq, so'nggi xabarlarga ko'ra, ushbu an'ana navbatdagi iPhone bilan buzilishi mumkin: iPhone 15 Ultra titan tanaga ega bo'ladi.

Eslatib o'tish joizki, Apple'ning iPhone 15 seriyasidagi "Pro Max" nomi "Ultra" bilan alishtirilishi avval xabar qilingan edi.

LeaksApplePro o'zining Twitter sahifasida ma'lum qilishicha, Apple o'zining iPhone 15 seriyasidagi Ultra modelida titan materialidan foydalanadi. Zanglamas po'latdan farqli o'laroq, titan yanada mustahkamroq va yengilroq hisoblanadi (shu sabab ham undan samolyotlarda foydalaniladi). Ammo, shu bilan birga u juda qimmat ham, bu esa smartfon narxiga ham ta'sir etmay qolmaydi.

Ta'kidlash joizki, hozirgi bozorda titan tanaga ega smartfonlar deyarli mavjud emas.

O'QING: Redmi Note 12 smartfonlarining aniq taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!