iPhone 15 Ultra ushbu sabablarga ko'ra qimmatroq bo'lishi mumkin

iPhone 15 Ultra ushbu sabablarga ko'ra qimmatroq bo'lishi mumkin

Apple o'zining iPhone 14 seriyasidagi smartfonlarini taqdim qilganidan so'ng Internetda navbatdagi avlod iPhone'lar haqida mish-mishlar tarqala boshladi. LeaksApplePro taxallusi bilan tanilgan insayder esa hozirgacha ma'lum bo'lgan tahminlarga asoslanib, bo'lajak iPhone 15 Pro Max yoxud iPhone 15 Ultra narxi sezilarli darajada qimmat bo'lishini aytdi.

Ma'lum bo'lishicha, smartfonning titan tanaga ega bo'lishi uning narxi oshishiga sabab bo'ladigan eng birinchi omillardan biridir. Ha, Apple o'zining keyingi yilgi smartfonlarida zanglamas po'latdan emas, balki titandan foydalanishi tahmin qilinmoqda. Smartfon Lightning o'rniga USB-C Thunderbolt 4 porti bilan jihozlanishi esa Apple uchun sizdan ko'proq pul olishga sabab bo'la oladi. iPhone 15 Ultra qimmatroq bo'lishiga yana bir sabab – ikkilik selfi kameralar bo'lishi mumkin. 

Shunday qilib, iPhone 15 Ultra boshlang'ich narxi 1,199 yoki 1,299 dollar bo'lish ehtimoli yo'q emas. Taqqoslash uchun bu hozirgi iPhone 14 Pro Max narxidan 100-200 dollar qimmatroq.

O'QING: iPhone 13 Pro kamerali Android smartfon

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!