iPhone 15 yangicha dizayn bilan mana shunday ko'rinishda bo'ladi

iPhone 15 yangicha dizayn bilan mana shunday ko'rinishda bo'ladi

Kecha taniqli insayderlarning biri, ShrimpApplePro, iPhone 15 smartfonlari orqa tomoni chegaralari egilgan bo'lishi haqida ma'lumotlarni oshkor qilgan edi. Bugun esa, ushbu ma'lumotga asoslanib tayyorlangan iPhone 15 smartfonining ilk renderi Internetda paydo bo'ldi.

Foto: Mydrivers.com

Ulashilgan suratdan ko'rish mumkinki, smartfon orqa tomoni chegarasi biroz egilgan va bu Apple'ning bir paytlar to'liq plastikdan yasalgan iPhone 5C smartfonini eslatib yuboradi. Biroq iPhone 15 smartfonlari plastikdan emas, mutlaqo yangi material, titandan yasalgan tanaga ega bo'lishi anchadan beri mish-mish qilib kelinadi. Qolaversa, Apple o'zining yangi avlod iPhone'larini USB-C porti bilan jihozlashi kutilmoqda.

O'QING: Galaxy A54 uchlik kamera bilan sifatli renderlarda ko‘rsatildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!