iPhone 15 yoki iPhone 16?

iPhone 15 yoki iPhone 16?

Apple 5 yildan buyon o‘zining yuqori darajadagi smartfonlarini old ekranida katta qora tirqishlar bilan chiqaradi va bu iPhone 14 ga kelib yanada kichrayishi allaqachon ma’lum bo‘ldi. So‘nggi yangiliklarga ko‘ra, kupertinolik kompaniya ushbu tirqishlarni butunlay yo‘qotish ustida ishlamoqda.

5-aprel kuni AQSh Patent va tovar belgilari idorasi old kamerasi va Face ID sensorlari ekran ostida joylashgan smartfonni tavsiflovchi yangi Apple patentini tasdiqladi, lekin bu yashirin kamerali smartfonni yaqin orada ko‘rishimizni anglatmaydi. iPhone 14 seriyasidagi smartfonlarning Pro versiyalari yangicha ikki kichik tirqish dizayni, qolgan modellari esa eskicha dizayndagi tirqish bilan chiqarilishi oldindan tasdiqlangan.

Mish-mishlarga ko‘ra Apple allaqachon iPhone 15 ustida ishlashni boshlab yuborgan va hozirda kompaniyada yangi smartfon sinovi uchun bir yildan ortiq vaqt bor. Agar kupertinoliklar yangi texnologiyani bu avlod smartfonlari uchun ham qo‘llamasalar, unda iPhone 16 katta ehtimol bilan kompaniyaning to‘liq ekranli smartfoni bo‘ladi. Shunday ekan, ekran osti sensorli ilk iPhone smartfonlari 2023 yoki 2024-yillarda chiqarilishini kutishimiz mumkin.

O‘QING: Bu uchar ketmon emas, lekin u sizni uchira oladi