iPhone 5S – “Malika”dagi eng arzon ayfon

iPhone 5S – “Malika”dagi eng arzon ayfon

iPhone 5S – Apple Inc. korporatsiyasiga omad olib kelgan smartfon. Unda ilk marotaba Touch ID, ya’ni barmoq izi skaneri yordamida shaxsni aniqlash tizimi tatbiq qilingan. Gadjetning bosh kamerasidagi qo‘sh fotochaqnoq turli vaziyatda olingan suratga kerakli rang darajasini berishni avtomat ravishda aniqlaydi. iPhone 5S’da ilk marotaba A7 qo‘sh-protsessori ham joriy qilingan bo‘lib, u qurilmaning tezkor faoliyatini ta’minlaydi.

Ushbu mobil aloqa vositasi “2013 yilning eng yaxshi sotilgan smartfoni” degan degan nomni qo‘lga kiritgan. E’lon qilingan haftaning o‘zida iPhone 5s hamda iPhone 5c birgalikda 9 million dona sotilgani ma’lum qilingan.

iphone_5s

iPhone 5S hamda iPhone 6 Apple’ning ommabop ayfon flagmanlari qatoridan joy oldi. Shu sabab bo‘lsa kerak, kompaniya 2016 yilning 21 martida navbatdagi – ko‘rinishi va dizayn jihatdan  iPhone 5S’ga, ichki imkoniyatlari iPhone 6S’ga o‘xshash bo‘lgan  iPhone SE mobil aloqa vositasini namoyish qildi. Smartfon joriy yilning 31 martidan boshlab 399 AQSh dollaridan erkin savdoga chiqarilgan.

2016 yil 23 mart holatiga ko‘ra, Apple iPhone 5S (16 Gb) gadjetining «Malika» savdo markazidagi narxi 2,490,000 so‘mni tashkil qilmoqda.

Quyida mazkur smartfon to‘g‘risida batafsil ma’lumot beramiz.

Taqdim qilingan sanasi: 2013 yil, sentyabr.

Aloqa tarmog‘i: GSM / CDMA / HSPA / EVDO / LTE

O‘lchamlari:      123.8 x 58.6 x 7.6 mm

Og‘irligi: 112 gramm

Sim-karta:        Nano-sim

Displey:           LED-backlit IPS LCD, sensor, 16M colors

Displeyning piksel sig‘imi: 640 x 1136 ( har dyuymda 326)

Multitach texnologiyasi: mavjud

Displey himoya shishasi: Corning Gorilla Glass, oleophobic shaffof himoya plenkasi

Operatsion tizim:       iOS 7

Yangi talqindagi operatsion tizimga o‘zgartirish: iOS 9.3

Protsessor: Apple A7

Markaziy protsessor: 1.3 gigagers chastotali 2 yadroli Cyclone

Tasvir-grafik protsessori: 4 yadroli PowerVR G6430

iphone-5s

Tezkor xotira: 1 GB, RAM DDR3

Ichki xotira: 16/32/64 GB.

Qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi: mavjud emas.

Bosh kamera: 8 MP, f/2.2, 29mm, avtofokus,  ikkita LED fotochaqnoq. [email protected] formatida tasvirga olish.

Old kamera: 1.2 MP

Radiokarnay: mavjud

Audio konnektor: 3.5 mm port

O‘ziga xos jihatlari: barmoq izi skaneri, akselerometr, giroskop, masofa va kompas datchik qurilmalari, Siri ovozli buyruq tizimi.

Shuningdek, smartfonda:

– iCloud – elektron ma’lumotlarni “bulutli” saqlash xizmati;

– MP3/WAV/AAX+/AIFF/Apple Lossless pleyeri;

– MP4/H.264 pleyeri;

– audio/video/foto tahrirlash;

– hujjat tahrirlash funksiyalari mavjud.

Akkumulyator:

Li-Po 1560 mA soat ajralmas quvvat toshi 2G va 3G aloqa tarmog‘ida 250 soat suhbat, 40 soat musiqa tinglashga dosh beradi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!