iPhone 5S tufayli Apple`ning Rossiya bozoridagi o‘rni mustahkamlandi

iPhone 5S tufayli Apple`ning Rossiya bozoridagi o‘rni mustahkamlandi

2016 yil yakunlariga ko‘ra Apple smartfon sotuvlari bo‘yicha Rossiyada ikkinchi pog‘onani egallagan. 2015 yilda kompaniya bu yo‘nalishda 5 o‘rinda bo‘lgan edi, deb xabar bermoqda Hi-Tech.Mail.Ru.

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi 21,6% ulush bilan o‘tgan yili Rossiyada eng ko‘p smartfon sotgan brendga aylandi. U 2015 yilga nisbatan sotuv ko‘rsatkichlarida 0,7% o‘sishni qayd etgan.

11,1% ulush bilan  Apple ikkinchi o‘rinda. Eng qizig‘i, “Olma” 2015 yilga qaraganda yaxshi o‘sish ko‘rsatkichi namoyish qildi – 3,5%. Bunga sabab o‘rta narx segmentidagi Apple qurilmalariga bo‘lgan talabning ortganidir. Rossiyada hozirgacha 2013 yilda chiqarilgan iPhone 5S ommaboplikda boshqa “Olma” gadjetlarini ortda qoldirmoqda.

Lenovo, Microsoft singari brendlar o‘tgan yili Rossiya bozorida o‘z xaridorgirligini sezilarli darajada yo‘qotdi. LG kompaniyasining ulushi esa 2016 yilda 3,9 foizga yuqorilagan. Bunga kompaniya yangi modellarni sotuvga chiqarish bilan erishgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!