iPhone 6s va iPhone 6, LG G4 hamda Samsung GALAXY S6 edge+ kameralari qiyosi: qay biri yaxshiroq?

iPhone 6s va iPhone 6, LG G4 hamda Samsung GALAXY S6 edge+ kameralari qiyosi: qay biri yaxshiroq?

Hi-Tech.Mail.Ru sayti yaqinda butun dunyo e’tiboridagi brend smartfonlarning kamerasi haqidagi xulosalarni e’lon qildi. Ularning ayrimlari bilan tanishing:

Bugun “Qay biri zo‘r” degan savol va turli xil asosga ega javoblar smartfon ixlosmandlari orasida ko‘p muhokama qilinmoqda. Biz ularning kameralaridagi imkoniyatlarni taqqoslashga harakat qildik.

“Qahramonlar”imizning barchasida suratga olish uchun avtomatik rejim va maksimal tasvir xajmi tanlandi. iPhone bu vaziyatda 4:3 formatida, Samsung va LG esa, 16:9 formatida tasvirga tushirmoqda. Shuning uchun orginal holatda rasmlarning turli formatda ekaniga ajablanmang.

Selfi

selfie
Selfi olish chog‘ida iPhone 6 va iPhone 6sdagi farq yaqqol seziladi: 5 megapikselga qarshi 1,2 megapiksel. Pastroq tovush, yuqori imkoniyat.
iPhone 6sda tushirilgan suratdagi terining sifatiga e’tibor bering. U ancha silliq. Samsung va LG bilan solishtirganda esa Apple ning imkoni pastroq. Chunki o‘xshash modullar sifatli tasvir olishga mo‘ljallangan.

“Selfisevar” “ayfonchi”larga brendning yangisi ma’qul. Ammo, jaxlingiz chiqmasinu, Samsung va LG apparatlarichalik tiniq ololmaydi.

Eslatib o‘tamiz: iPhone 6s ekranidan yuzni yoritish uchun chaqnoq(vspishka) o‘rnida foydalanish mumkin(shunga o‘xshash funksiya ilk bor LG L Bello va LG L Fino smartfonlarida qo‘llanilgan). U yuzni tekis yoritadi, ammo oddiy chaqnoqdan bir oz kuchsiz. Biroq qorong‘ulikda asqotadi.
iPhone 6s da selfi chog‘i imkoniyatlar ko‘p emas: vspishkadan tashqari faqat taymer va ekspozitsiya tanlovi bor xolos.
Masadan, Samsung GALAXY S6 edge+ da juda ajoyib panoramali selfi olsa bo‘ladi. Kadrda mavjud barcha narsalarni joylashtirish mumkin.

Kunduzgi portret


Kamera iPhone 6s kamerasi portret tasvirini olish uchun juda qulay. Ya’ni undagi iliq ranglar koreys brendlarining sovuq ranglar to‘plamidan ko‘ra terining tiniqroq ko‘rinishini ta’minlaydi.
Kimdir iPhone rasmlarida sariq rang kuchli deyishi mumkin, ammo terining rangini Apple smartfonlari tabiiyroq ko‘rsatadi.

Sun’iy yorug‘likdagi portret


Sun’iy yorug‘likda portret olishda Samsung GALAXY edge+ ko‘rsatkichlari yuqori: yaxshi detalli tiniq tasvir va kam shovqin.
LG G4 niki ham yaqin, biroq tasvir bir oz oqish va kontur ravshanligi yetishmaydi.
Yangi iPhonda eski versiyadan ko‘ra kam shovqinli. Lekin detallar va rasm tiniqligi koreys smartfonlarichalik emas.

Chaqnoq(vspishka) ko‘magida tasvirga tushirish
Bu yerda vaziyat baxsli. Bir tomondan Samsung detallarga ishlov berish va oq rangga balans olishda kuchli. Ammo boshqa tomondan old plan orqa plandan sezilarli darajada ajralib turadi. Yorqin ob’yektlar qorog‘uda yomonroq ko‘rinadi. Ikkala iPhoneda esa bu holat yaxshiroq. LG G4 yaxshi detallashtiradi, biroq oq fonga balans yaxshi bo‘lmagani uchun, tasvir ham shunga yarasha.
Matnni tasvirga olish
Matnni tasvirga olishda eng yaxshi ko‘rsatgich, ishonmaysiz, iPhone ning o‘tgan yilgi modelida. Tasvir ancha tiniq. Ikkinchi o‘rinda Samsung va iPhone 6s.
LG G4dagi natija unchalar maqtanarli emas—tasvir qorong‘u, maksimal tiniqlikka erishish qiyin.

Qorong‘ulikda tasvirga tushirish


Qorong‘ulikda tasvirga tushirishdagi natijalar kutilganidek:
Apple umidni puchga chiqardi. 6sning qorong‘udagi ko‘rsatkichi detallarni yutadigan va shovqinli tasvir oladigan oldingi avlodidan ham yomonroq. Sababi shuki, sensori bir xil o‘chlamli iPhone 6sning kamerasi 12 megapiksel, iPhone 6 niki esa 8 megapiksel.
LG G4dagi natija ancha yaxshi. Shovqin kam, detallashtirish binoiydek, ranglar balansi sovuqroq, ammo asliga ancha yaqin. Smartfonlar uchun bu ajoyib natija.
Samsung GALAXY edge+ bu vaziyatda sezilarli darajada kuchsiz, iPhonening ikkala modelidan bir oz yaxshi.

Tabiiy yorug‘likda tasvirga olish


Arxitektura inshootlarini tasvirga olishda barcha smartfonlar ishi yaxshi.
iPhone 6s va iPhone 6ning tabiiy rangga to‘la peyzajlarni suratga tushirgandagi natijasi ajoyib.
Parklar, baland tog‘li junglilar, quyosh chiqishi va botishi jarayonlari uchun “tishlangan olma”lar ishonchli. Ranguzatmalari ham tabiiy va yorqin.

HDRli peyzaj
Bugun har bir smartfon HDR formatda tasvirga tushira oladi. Yangi iPhone ham bundan mustasno emas. Uning “ishi” avvalgi avlodi va LGnikidan sifatli. LGda tasvir yorqinligi va detallashtirishi kuchsiz. Samsung esa tasvir aniqligi va sifati bilan yana “chempion”

Hi-Tech.Mail.Ru sayti xulosasi:
iPhone 6s, Apple ishqibozlari hafa bo‘lishmasinu, fotos’yemka uchun eng yaxshi smartfon emas. To‘g‘ri, qachonlardir bu borada yetakchi edi. Biroq raqobatchilar ham qo‘l qovushtirib o‘tirishgani yo‘q va ular ham fotokameralarga alohida “urg‘u” berayapti.
Bizning testimiz asosidagi smartfon-flagmanlar reytingi:
1. Samsung GALAXY S6 edge+
2. LG G4
3. iPhone 6s
4. iPhone 6

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!