iPhone 7 ni quloqchin uchun portdan mahrum qilgani sabab Apple qancha mijoz yo‘qotdi?

iPhone 7 ni quloqchin uchun portdan mahrum qilgani sabab Apple qancha mijoz yo‘qotdi?

Apple’ning iPhone 7 smartfonini ishlab chiqarishda quloqchin uchun mo‘ljallangan audio-portdan mardonavor voz kechishi uni bir necha minglab yangi mijozlardan mahrum qildi, deb yozadi Apple Insider.

Yahoo Finance tomonidan o‘tkazilgan mustaqil tadqiqotga ko‘ra, Android-qurilmadan foydalanuvchi iste’molchilarning 70 foizi eng yaxshi iPhone’ni sotib olish fikridan quloqchin uchun standart tirqish yo‘qligi sabab qaytgan.

Taxminan shuncha iPhone foydalanuvchilari ham aynan shu sabab bilan “yetti”dan ko‘ra eski iPhone SE smartfonini sotib olishni ma’qul ko‘rgan. Bunda narx hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmagan, aksincha, sevimli musiqani alohida maxsus vosita yoki simsiz quloqchinsiz tinglay olish istagi ustunlik qilgan.

O‘z navbatida, iPhone 7 va 7 Plus’dan ayni damd foydalanib turgan iste’molchilarning uchdan ikki qismi o‘z smartfonlariga korpusiga yo‘qolib qolgan portning qaytarilishi istagini bildirgan. Yangi smartfonga qo‘shib beriladigan maxsus o‘tkazgich ham ularni ovuntira olmaydi — chunki ko‘pchilik “olmachilar” ham qo‘shiq eshitib, ham smartfonini quvvatlantirish payidan bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!