iPhone 7 ning ilk fotosuratlari chop etildi

iPhone 7 ning ilk fotosuratlari chop etildi

Fransiyaning NowhereElse portalida iPhone 7 fotosuratining e’lon qilinishi yangi smartfonga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirib yubordi. «Hi-Tech Mail.ru» gadjetning o‘ziga xosliklari haqida ma’lumot berdi.
Foto: “Hi-Tech@Mail.ru”

                                                                     Foto: «Hi-Tech Mail.ru»

Yangi modeldagi smartfonning yuqori qismida antenna signalini qabul qilish uchun qo‘llangan gorizontal chiziq yo‘q. Shu asosda smartfonning antenna o‘rnatiladigan joyi bo‘lmaydi, degan xulosaga kelindi.

Shu bilan birga, chop etilgan ayrim suratlar aslida antenna chiziqlari Photoshop dasturi yordamida o‘chirilgan iPhone 6 ga tegishlidir.

Uskuna bitta kameraga ega bo‘ladi. Aytilishicha, ikkitalik modul 4,7 dyuymli versiyada bo‘lmay, faqat 5,5 dyuymli iPhone 7 Pro’ga o‘rnatiladi.
Foto: “Hi-Tech@Mail.ru”

                                                                   Foto: «Hi-Tech Mail.ru»

Shuningdek, korpus eski modelga nisbatan ingichkaroq bo‘lishi kutilmoqda. Gadjetni yupqalashtirishga takomillashtirilgan LCD-matritsa hisobidan erishiladi.

Manba: Daryo.uz