iPhone 7 Plus: Kuchli. Ishonchli. Qimmatbaho. | To‘liq tavsif

iPhone 7 Plus: Kuchli. Ishonchli. Qimmatbaho. | To‘liq tavsif

Phone 7 Plus — Apple ijodiga mansub o‘ziga xos ilg‘or flagman. To‘g‘ri, modomiki unga chexol kiydiradigan bo‘lsangiz, u ham ko‘rinishidan o‘zining “ajdod”laridan farq qilmaydi. Biroq, 7 Plus 3.5 mm an’anaviy audio portdan voz kechgan jahondagi ilk smartfon. Uni qo‘lga olishingiz bilan siz A10 Fusion nomli kuchli protsessorning tezkorligini, 3 GB operativ xotira samaradorligini his qilasiz.

Audio quloqchinning portidan voz kechilishi — iPhone 7 kabi, iPhone 7 Plus bilan ham bog‘liq bahslarni keltirib chiqardi. Apple bir vaqtlar kompyuterlarida optik uzatmadan voz kechganida ham, so‘ng iPod qurilmasidagi 30-pinli portdan, 12 dyuymli  MacBook’da USB o‘rniga USB-C porti o‘rnatilganda ham, shunday bahslar kelib chiqqan edi.

iPhone 7 Plus qadog‘ida iOS 10 bilan yetib keladi. Siri va boshqa qiziqarli funksiyalardan foydalanish uchun avval uni yangilash kerak. Qiziq, nega shuni zavodning o‘zida bajarishmas ekan?

Komplektda smartfon interfeysini an’anaviy audio-quloqchin bilan ulash uchun qo‘shimcha ravishda “perexodnik” yoki o‘tkazgich taqdim etilgan.

Dizayn

Ayfonning yettinchi avlodining shisha korpus Jet Black, ya’ni jilodor qora talqinda yanada hashamdor ko‘rinadi. Apple dizaynerlarining tasavvurlari foydalanuvchini xursand qiladi — korpus yupqa, burchak va yon tomonlari silliq. iPhone 7 nafaqat chiroyli, shuningdek shaklan ham qulay smartfon.

iPhone 7 Plus’ning iPhone 6s Plus’dan muhim ustun jihati — suv hamda changni o‘tkazmaydigan korpusga ega bo‘lganligidir. 1 metrgacha bo‘lgan suvda 30 daqiqa “jon saqlab” turadi. Shundan so‘ng uni 5 soat quvvatlash mumkin emas. Apple o‘z saytida namlik tufayli yuzaga kelgan smartfonlarning zarari qoplanmasligini ham yozib qo‘ygan. Samsung Galaxy turkumining flagman smartfonlari esa bu borada eng peshqadamlardan.

Sig‘imdor akkumulyator o‘rnatish evaziga Apple shakldorlikdan voz kechgan. Biroq bonus sifatida qo‘sh ob’yektivli bosh kamera o‘rnatilgan. Ekran sig‘imi esa oshirilgan.

Apparatning displey diagonali 5,5 dyuym. Bu telefon va planshet o‘rtasidagi “oltin o‘rtalik”. iPhone 7 Plus bo‘lsa, mojno iPad qurilmasiga hojat qolmaydi.

Ko‘pchilik yirik smartfonlarni olib yurish ham malol keladi. Bu flagman smartfon jinsining old cho‘ntagidan oson joy egallaydi.

iPhone 7 Plus dizayn, korpus sifati va jozibadorligi bilan Apple smartfonlari orasida eng yaxshisidir.

«Qora oniks»dan tashqari  iPhone 7 Plus 4 rangdagi — pushti-tilla, tilla, kumush va jilosiz qora korpuslarda ishlab chiqarilmoqda.

Displey

iPhone 7 Plus uchun tanlangan qattiq kristalli LCD panel — shu turdagi eng yaxshi displeylardan biri: yorqin va yirik va piksellarga boy. Albatta, Full HD — juda zamonaviy mobil standart emas, shu bilan birga inson ko‘zi his qilishi mumkin bo‘lgan darajada sifatli tasvir namoyish qiladi. Misol uchun, QHD kabi so‘zlar ba’zida shunchaki marketing va reklama uchun ham ishlatiladi.

Tasvirning yaxshi aks etishi uchun displey matritsasining tayyorlanish texnologiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Kimgadir AMOLED, boshqaga — IPS yoqadi. To‘g‘risini aytganda, hozirgi flagman smartfonlardagi displeylarning barchasi tasvirni sifatli namoyish qiladi. Displey ranglarni yanada keng diapazonda namoyish qiladi. Undagi barmoq izlari va dog‘larga qarshi qoplama mayda-chuyda bo‘lsa ham, ahamiyatli jihatlar.

Displey bilan bog‘liq yagona e’tiroz — uning atrofidagi dag‘al tuyilgan romlardir. Telefon dizaynerlari yarim sm.gacha bo‘lgan bu romlarni qisqartirib, ekranni kattalashtirishlari yoki smartfon o‘lchamini qisqartirishlari mumkin edi.

 

Foydalanishdagi qulayliklar

Old ekrandagi Home tugmasi yangilangan Taptic Engine moduli bilan ta’minlangan. Bu knopka barmoq zarbining darajasini ham sezadi va shunga ko‘ra turli-tuman amallarni bajaradi. Shaxsni tasdiqlash skaneri — Touch ID ayfonni razblokirovka qilish vazifasini bajaradi. Uning ishlashi tezkor va bexato. Umuman olganda, Home knopkasi ko‘p jihatlarga egaligi bilan o‘ziga xos.

Displeydagi 3D Touch — eng muhim qulaylik. Misol uchun, ochiq turgan ilovalarning biridan ikkinchisiga o‘tish uchun «Uyga» («Home») tugmachasini ikki marta bosish shart emas, 3D Touch  bu amalni tezkor va qulay bajariladigan svayplar tizimini taklif etadi. Ekranning chap chekkasiga kuch bilan bosing va svayp qiling. Ko‘z oldingizda faol ilovani tanlash hududi ochiladi. Bu kabi imkoniyatlar ko‘p.

Mazkur iPhone qurilmasi 2 ta — stereo dinamiklari bilan maqtana oladi. Ularning biri korpus quyisida, boshqasida ustki qismda joylashtirilgan. Ovoz baland va sifatli. Ovoz iPhone 6s’dan ko‘ra 2 barobar baland. Endi film ko‘rish uchun noutbuklarga hojat qolmadi.

iPhone 7’ning korpusidagi Mute klavishi yordamida ovozni zarur vaziyatda tez va oson o‘chirib qo‘yish mumkin.

“Qora oniks” talqini ko‘rinishidan plastikni eslatadi: yarq etib ko‘zga tashlanadi. Uni qo‘lga olishingiz bilan metallga xos hashamni va taftni his qilasiz. Ammo, avaylanmasa — bu qora rang o‘chishi mumkin. Qora rang barmoq izlariga ham o‘ch bo‘ladi.

iOS 10, platforma va samaradorlik

iPhone 7 Plus egalari uning ishlashiga nisbatan “uchadi” degan iborani ishlatishadi. Murakkab ilovami yoki grafikaga boy o‘yinmi — smartfon chindan ham, “uchib” ishlaydi.

Apple iPhone 7 smartfoni himoyalangan va tezkor faoliyatni kafolatlaydigan iOS tizimiga ega. U axborot xurujlari, viruslardan himoyalanish va oddiy, ya’ni tushunarlilik bo‘yicha jahondagi yetakchi operatsion tizim. Tizim AirDrop, AirPlay, iTunes, Find My iPhone kabi ilg‘or ilovalarga ega. Qolaversa, iPhone 7 smartfoni uchun sifatli va ishonchli ilovalarni taklif qiluvchi App Store internet do‘konining eshiklari ham ochiq.

Takomillashgan  iOS 10.3 platformasi mobil ilovalardagi sun’iy mushohada qobiliyatini yanada oshirib, ma’lumot-axborot bilan ishlashda qo‘shimcha funksiyalarni bajarishlariga xizmat qiladi. Shuningdek, yangilangan tizimda ham axborot-ma’lumotlar va viruslar hujumiga qarshi himoyani kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.

iOS 10.3’da joriy qilingan ajoyib va qiziqarli Find My AirPods funksiyasi «iPhone’ni topish» ilovasidan o‘rin egallagan. Uning yordamida siz xaritada simsiz, tugmadek keladigan AirPods audio quloqchinlarining qayerda qolib ketganini ko‘rasiz.

Operatsion tizimdagi elektron karta ilovasi yangilanib, endi 3D Touch, ya’ni barmoq zarbini tushunadigan maxsus ishorani bosish orqali biror manzildagi ob-havoni bilish, ekranning o‘ng tomon quyisida esa batafsil ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

Apple sozlamalarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi bo‘lim paydo bo‘ldi. Apple ID nomli qo‘shimcha xavfsizlik xizmati foydalanuvchiga kimdir uning login va parolini o‘zgartirgan, bilib olgan taqdirda ham, shaxsiy sahifaga faqatgina ayfon egasining o‘zining kirishini kafolatlaydi. Ya’ni, bu orqali barcha gadjetlarning iCloud xizmati, to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar, App Store ma’lumotlar va boshqalarning himoyalanganlik darajasi yanada oshdi.

iPhone 7 Plus’ga 2016 yilning eng kuchli protsessori bo‘lgan A10 Fusion chipi o‘rnatilgan. A10 — 4 yadroli protsessor bo‘lib, 3,3 milliard tranzistorga ega. A9’da bu 2,5 milliardni tashkil qilgan. Natijada, yangi chip A9’ga qaraganda 40 %ga samarali ishlaydi. 2 ta tezkor yadro samarali ishlash uchun, yana 2 ta yadro quvvatni tejash uchun mas’ul. Uning raqiblari 10 talab yadro bilan maydonga tushishmoqda.

Tezkor xotira gigabayti ajablanarli emas — raqiblarning flagman modellari 4 GB tezkor xotiraga ega bir vaqtda, iPhone 3 GB operativ xotirani ma’qul ko‘rmoqda. Lekin, iPhone 7 Plus shu xotirasi hamda 4 ta yadrosi bilan bilan ham Android smartfonlarning 6 GB sig‘imli yoki 2 marotaba ko‘p yadroga ega smartfonlari bilan ham, bemalol kuch sinashadi va tezkorlikda, yaxshi ishlashda ularni dog‘da qoldiradi.

Smartfonning eng kichik talqinida 32 GB sig‘imli doimiy xotira mavjud. 128 GB yoki 256 GB doimiy xotirali talqini ham mavjud.

AnTuTu benchmarkida iPhone 7 smartfoni 178 mingdan ziyod ball olgan. Galaxy S7 Edge esa 135 ming ball olgan.

A10’da grafiklrani qayta ishlash uchun alohida e’tibor qaratilgan.  Grafik chip samaradorligi avvalgi chipdan 50 % yuqori. A10’ning yordamchi protsessori bo‘lgan M10 bir qator funksiyalar bilan birga, foydalanuvchining qadamini ham hisoblab boradi.

  Kamera imkoniyatlari

iPhone 7 Plus smartfonining bosh kamerasi 2 ta 12 MP sig‘imli sensorlardan iborat. Ulardan biri — 28 mm, linzasi f/1.8, boshqasining kamera hajmi 56 mm, optik linza turi f/2.8 ga teng. Ya’ni, katta hajmli linza yorug‘likni yaxshiroq o‘tkazadi va manzarani  detallarga boy ravishda suratga olishda imkon yaratadi. Bu esa portret janri uchun fotosurat olishda qo‘l keladi.

Qo‘sh kameralardan biri keng burchakli surat olsa, boshqasi fokusni o‘rnatadigan teleob’yektiv vazifasini bajaradi. Apple’ning ma’lum qilishicha ushbu kameralar sifatni saqlab qolgan holda ikki karralik optik zumda suratlar oladi. Shuningdek, bu texnologiya fokus nuqtasini nafaqat tasvirga olish paytida, balki undan keyin ham o‘zgaritirish imkonini beradi. Foydalanishda keng burchakli surat oluvchi yoki teleob’yektivli sensorlardan birini tanlash ham mumkin.

Kamera ob’yektivida 6 ta linza o‘rnatilgan. Endi fotochaqnoq 2 emas, 4 ta diodli bo‘ldi, ya’ni qorong‘u sharoitda suratlar endi yanada yorqin. iPhone 7 Plus’da old kamerada barqarorlashtirish tizimi o‘rnatilgan. Foto va video olishda 2 karrali yaqinlashtirish funksiyasidan foydalanish mumkin.

Teleob’yektivda olingan suratlar sifati bo‘yicha keng burchak ostida suratga oluvchi kameranikidan pastroq. Yorug‘lik past sharoitda olingan suratlar sifati esa o‘rtacha.

iPhone 7 Plus’dagi bir necha marotaba yaqinlashtirish funksiyasi uzoqdan turib ham sifatli qurat olish imkonini beradi.  iPhone 7 Plus yordamida instagram lentasini detallarga boy suratlar bilan to‘ldirish mumkin. Portret rejimida suratga olishda gadjetning ijodiy imkoniyatlarini kengaytiradi.

iPhone 7 Plus’da sekundiga 30 emas, hattoki 60 kadr muhrlangan 4K sig‘imli videolar ham yozish mumkin.

Old tomonida esa, Apple flagmani 7 megapikselli kamera bilan ta’minlandi. 6S Plus’da 5 MP edi. Shuningdek, selfi-suratlar ham sifat jihatidan yaxshilangan.

Quyidagi suratlarda kameralar faoliyatiga o‘zingiz baho bering.

Akkumulyator

Yangi iPhone avvalgilariga qaraganda kuchli akkumulyatorga ega bo‘ldi. Uning elektr sig‘imi 2900 mA soat, ya’ni iPhone 6s Plus (2750 mAs)’dan 5 %ga ko‘p. iPhone 6s Plus bilan solishtirganda, u bir soatga ko‘p va iPhone 6s’dan 2 soat ko‘proq ishlaydi. Afsuski, bu gal ham ayfonda tezkor quvvatlash tizimi o‘rnatilmagan.

iPhone 7 Plus to‘liq quvvat bilan faol ishlatganda — 1 ish kuni mobaynidan yashaydi. LTE tarmog‘ida katta fayllarni yuklash, 3D-grafikasidagi o‘yinlarni o‘ynashda to‘liq quvvat unga 5-6 soatga yetadi.

Aloqa

iPhone 7 Plus LTE tarmog‘ida sekundiga 450 Mbit hajmidagi ma’lumot almashish mumkin. Bu iPhone 6’ning imkoniyatida 3 karra yuqori. 25-diapazonda flagman LTE, Wi‑Fi 802.11a/b/g/n/ac (MIMO), Bluetooth 4.2 hamda NFC simsiz texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kamchiliklar

Apple so‘nggi avlod smartfonlari ko‘pchilikning havasini keltirsa-da, ularda ham texnik nuqson va dasturiy ta’minotida kamchiliklar uchrab turibdi.

Korpusdagi tirnalishlar – Apple «jilodor qora» flagmanlarining yagona muammosi emas. Ulardagi yana bir nuqson ko‘zga tashlanyapti – ishqalanishlar natijasida vaqt o‘tishi bilan silliq korpus yedirilib, xira tortar ekan.

Shuningdek, korpusning g‘ichirlashi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani ham kuzatilgan. Ya’ni, smartfonni yig‘ishdagi texnologik nuqsonlar ham mavjud. iOS’ni yangilaganda ham ba’zida nosozliklar ko‘zga tashlanadi.

Xulosa

iPhone 7 Plus — yangiliklarni boshlab bergan bahsli smartfon. Shubhasizki, kuchli jihatlar — rekord darajadagi samarali ishlash, kun davomida faol foydalanishga yetadigan akkumulyator, 3D-o‘yinlarda ham u qadar qizib ketmaydigan protsessor, ilg‘or kamerasi va yupqa-ixchamligi bilan iPhone 7 Plus ko‘pchilikning orzusiga aylangan. Yana bir muhim dalil borki, iPhone 7 2016 yilda eng ko‘p sotilish bo‘yicha 2-o‘rinda turibdi. Undan yil davomida  50 million dona sotilgan. Ayfon narxlari bilan batafsil tanishing.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 7.2 млн сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!