iPhone 7 Plus "yon effektli" surat olishda Xiaomi Mi 6'ga qarshi

iPhone 7 Plus

Apple qo‘sh sensorli bosh kamerali flagmanini taqdim qilishi bilan jahon smartfon bozorida qo‘sh kamerali smartfon yaratish trendi avj ola boshladi.

Xiaomi Mi 6 nafaqat an’anaviy audio tuynukdan voz kechishi bilan iPhone 7 Plus'ning izidan borgan, shu bilan birga Xiaomi kompaniyasi Mi 6 flagmanini yaratishda iPhone 7 Plus'ning kamera va suratga olish texnologiyasini ham o‘zlashtirgan. Shu bois, har ikkala smartfonning ishlash tamoyili bir xil.  

Mazkur maqola uchun tayyorlangan quyidagi suratlar kameralarning "portret rejimi"da olingan.

Chapda: Xiaomi Mi 6 hamda o‘ngda: iPhone 7 Plus olgan suratlar.

iPhone 7 Plus smartfonining bosh kamerasi 2 ta 12 MP sig‘imli sensorlardan iborat. Ulardan biri — 28 mm, linzasi f/1.8, boshqasining kamera hajmi 56 mm, optik linza turi f/2.8 ga teng. Ya’ni, katta hajmli linza yorug‘likni yaxshiroq o‘tkazadi va manzarani  detallarga boy ravishda suratga olishda imkon yaratadi. Bu esa portret janri uchun fotosurat olishda qo‘l keladi.

Qo‘sh kameralardan biri keng burchakli surat olsa, boshqasi fokusni o‘rnatadigan teleob’yektiv vazifasini bajaradi.

Xitoylik telefonda ham 2 ta 12 megapikselli bosh kameralar mavjud: teleob’yektiv va keng burchakli surat oluvchi sensorlar (1,25 mkm, f/1.8, 27 mm va 1 mkm, f/2.6, 52 mm). Qo‘sh sensorli bosh kamera Xiaomi Mi 6'ga yon tomon effektlariga ega bo‘lgan portret suratlar olish va sifatni saqlab qolgan holda manzarani 2 karra yaqinlashtirib suratga olish imkonini beradi. Shu bilan birga, raqibi kabi, Xiaomi Mi 6 suratni optik barqarorlashtirish texnologiyasiga ham ega.

Xulosa 

Xiaomi flagmani kamerasi portret rejimida iPhone 7 Plus'ga qaraganda kengroq burchak ostida suratga oladi. Shunday bo‘lsa ham, suratga olish jarayonida xitoylik smartfon manzarani detallashtirish va yon tomon effektlarini hosil qilishda qiyinchilikka duch keladi.

Xiaomi Mi 6'ning portret olishi yaxshi. Shunga qaramasdan, iPhone 7 Plus bilan solishtirib ko‘rganda, bir oz orqada. Shunday bo‘lsa ham, yorug‘lik past sharoitda Apple telefoni ham oqsay boshlaydi.

Ekspertlarning fikricha, Xiaomi Mi 6 yorug‘lik past sharoitda yaxshi suratga oladi. Yorug‘lik yetarli sharoitda esa iPhone 7 Plus yaqqol peshqadamga aylanadi.