iPhone 7 Plus yonishda davom etmoqda

iPhone 7 Plus yonishda davom etmoqda

Amerikalik ayfon foydalanuvchisi Brianna Olivas o‘zining Twitter tarmog‘idagi sahifasida iPhone 7 Plus smartfonining yonayotgan vaziyatdagi videosini joylashtirdi. Orqa paneli erib, tutun chiqarayotgan ayfon ayanchli ahvolga kelib qolgan.

9to5mac nashrining aniqlik kiritishicha, hodisa erta tongda ro‘y bergan. Ayfon quvvat olish uchun rozetkaga qo‘yilgan edi. Baxtga qarshi, yotoqda ro‘y berayotgan hodisa chog‘ida foydalanuvchi uyg‘oq bo‘lgan. Aks holda, bu jiddiy fojea bilan yakun topgan bo‘lar edi. Uydagilar kuygan hidni sezib, telefonning yonib ketayotganini aniqlashgan. Quyidagi video tasvir esa yuvinish xonasida suratga olingan.

Video mikroblogda joylangach, bir muddat o‘tib Apple vakillari unga izoh qoldirishgan. Ular voqeaning tafsilotlari bilan to‘liq tanishish niyatida ekanliklarini ma’lum qilishgan. Foydalanuvchi ularga bir kun avval iPhone 7 Plus’ni ishga tushirish bilan bog‘liq muammo bilan servis markaziga murojaat qilgani, ammo u yerda qurilmaning aybi aniqlanmaganligini ma’lum qilgan.

Bu iPhone’ning yonib ketishi bilan bog‘liq ilk holat emas. Bungacha ayfonlarning foydalanuvchilarning hamyon va cho‘ntaklarida yonib ketishi kuzatilgan. 2016 yilning okyatbr oyida Avtraliyada iPhone 7 tufayli foydalanuvchisining avtomobili yonib ketgan. Apple mazkur hodisa yuzasidan tadqiqotlar olib borilayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 20 fevral holatida poytaxtimizdagi “Malika” savdo majmuasida Apple iPhone 7 Plus’ning 128 Gb xotiraga ega Yevropa talqini 5,935,000 so‘mdan sotilmoqda.

Fursatdan foydalanib, bu kabi qurilmalarni quvvatlashda nazoratni yo‘qotmaslik, xavfsizlik choralarini ko‘rish tavsiya qilamiz.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!