iPhone 7 va iPhone 7 Plus jahondagi eng kuchli smartfonlar reytingini boshqardi

iPhone 7 va iPhone 7 Plus jahondagi eng kuchli smartfonlar reytingini boshqardi

Antutu benchmarki jamoasi har oyda chiqadigan navbatdagi jahondagi eng kuchli smartfonlar reytingini e’lon qildi. Reytingni 170 124 va 172 644 ball to‘plagan Apple iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonlari boshqardi. Mazkur smartfonlarga o‘rnatilgan yangi avlod Apple A10 Fusion protsessori gadjetlarga ishlash samaradorligi bo‘yicha yuqori baho berilishini ta’minlagan.

483903

Sentyabr oyi uchun chiqarilgan reytingning uchinchi pog‘onasini Snapdragon 821 protsessorida ishlaydigan birinchi qurilma bo‘lgan LeEco Le Pro 3 band qilgan. LeEco Le Pro 3 Antutu benchmarkida 160 856 ball to‘plab, Xiaomi Mi 5s Plus va Mi 5s modellarini keyingi o‘rinlarga surib tashlashga muvaffaq bo‘lgan.

Faqat  iOS qurilmalari bo‘yicha chiqarilgan reytingda iPad Pro 177 266 ball bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni iPhone 7 va iPhone 7 Plus band qilib kelishmoqda.

483904

Android qurilmalar reytingini esa LeEco Le Pro 3 boshqarmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinni Xiaomi Mi 5s Plus va Mi 5s egallagan bo‘lsa, OnePlus 3 va Vivo Xplay 5 Elite kuchli beshlikka yakun yasagan.

483905