iPhone 7c haqida yangi ma’lumotlar

iPhone 7c haqida yangi ma’lumotlar

Ma’lumotlarga qaraganda, 4-dyuymlik iPhone joriy yanvar oyida sotuvga chiqarilishi mumkin. MyDrivers va Commercial Times resurslari iPhone 7 va uning tavsifi haqida ayrim ma’lumotlarni e’lon qildi.

4-dyuymlik yangi iPhone qanday bo‘ladi?
Apple smartfonlarini yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi Foxconn kompaniyasi xodimlarining anonim xabarlariga ko‘ra, iPhone 7c smartfoni iPhone 5s bilan juda ham o‘xshash. Qurilma batareykasining quvvati 1642 mAs. Shuningdek, u Apple A9 firma protsessori va 2,5D oinali qayrilma ekranga ega bo‘ladi. Home tugmachasining quyi qismida esa barmoq skaneri joylashadi.

Avval ma’lum qilinganidek, 4-dyuym ekranli iPhone 7c`ning ko‘rsatish qobiliyati 1136x640 nuqta, asosiy kamera – 8 Mp. Operativ xotira – 2 GB, ichki xotira–16 GB dan boshlanadi.

Yangi “yirik” iPhone plastik panelli bo‘lishi kutilmoqda. Korpusga bunday materialning qoplanishi radiosignallarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kuchaytiradi. Bundan tashqari, iPhone 7 suv o‘tkazmaydi. Avvalgi avlod smartfonlari bo‘lgan iPhone 6s va 6s Plus ham, test natijalariga ko‘ra, suv o‘tkazmagan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!