iPhone 7s va iPhone 7s Plus haqida ilk tafsilotlar paydo bo‘ldi

iPhone 7s va iPhone 7s Plus haqida ilk tafsilotlar paydo bo‘ldi

Apple kompaniyasi kelgusi yilda joriy iPhone 7 va iPhone 7 Plus modellarining takomillashgan versiyasi bo‘lgan iPhone 7S va iPhone 7S Plus smartfonlari taqdim etadi, deb yozmoqda Yaponiyaning Mac Otakara blogi tayvanlik ishlab chiqaruvchilar axborotiga tayanib.

Manbaning qayd etishicha, yangi iPhone 7S va iPhone 7S Plus modellarining dizayni oxirgi flagmanlarga o‘xshash bo‘ladi, ular bir kristalli Apple A11 protsessorida ishlaydi. Shu bilan birga, Black, Jet Black, Gold, Rose Gold va Silver ranglar qatoriga qizil rangli (Red) korpus ham qo‘shilishi ma’lum qilingan.

Hozircha yangi smartfonlarning boshqa texnik xususiyatlariga aniqlik kiritilmagan. Biroq ba’zi nashrlarda ular oynavand korpus, simsiz zaryadlash texnologiyasi va bir qator qo‘shimcha funksiyalarga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!