iPhone 8 hatto iPhone 7 Plus’dan ham qalinroq bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  1609
  •  31.05.2017 16:22

iPhone 8 hatto iPhone 7 Plus’dan ham qalinroq bo‘ladi

Bugun internet tarmog‘ida iPhone 8 modelining yangi rasmlari hamda ularga asoslangan yangi ma’lumotlar tarqaldi. Ma’lumotlar manbasi – shu kabi ishonchli xabarlari bilan tanilgan bloger Benjamin Geskin, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Xabarda ta’kidlanishicha, Apple’ning yubiley smartfoni uning iPhone 7 modelidan ko‘ra qalinroq va og‘irroq bo‘ladi.

Apple zavodidagi manbaga tayangan holda Geskinning ta’kidlashicha, iPhone 8 o‘lchamlari 143,59x70,94x7,57 mm, iPhone 7 o‘lchamlari esa 138,3x67,1x7,1 mm.ga teng. Bundan chiqdi, iPhone 8 hatto iPhone 7 Plus (158,2x77,9x7,3 mm) modelidan ham qalinroq bo‘lar ekan.

Mana, o‘zingiz taqqoslang, bu suratda iPhone 8 o‘rtada joylashgan:

Mazkur ko‘rsatkichlardan kelib chiqib aytish mumkinki, iPhone 8 og‘irroq ham bo‘ladi; iPhone 7 modeli 138 gramm, iPhone 7 Plus esa 188 gramm tosh bosadi.

Yubiley modeli, ko‘rib turganingizdek, iPhone 7 Plus’ga nisbatan kichkinaroq hajmda. Ammo, romi yo‘qligi evaziga, uning ekrani o‘lchami iPhone 7 Plus ekrani kabi hajmga ega. iPhone 8’ning romsiz ekrani ham kechagina Android muallifi Endi Rubin taqdim etgan Essential Phone’ning ekrani singari bo‘lishini taxmin qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Apple: «iPhone 8 smartfonlarning yangi davrini boshlab beradi!» deya maqtangan. Bloger Benjamin Geskin esa avvalroq iPhone 8 flagmanining renderlarini e’lon qilgan, keyinroq qurilmaning taxminiy narxi ham aytilgan edi. Unda biz bo‘lajak yubiley flagmanining «jonli» maketini ko‘rishimiz mumkin. Bu maket avval e’lon qilingan chizmalar, renderlar, videolavhalar va fotosuratlardagi ko‘rinishga muvofiq tayyorlangan.