iPhone 8: taxminiy narxi va yangi videosi

  •   DiMaX
  •  3342
  •  24.05.2017 16:09

iPhone 8: taxminiy narxi va yangi videosi

UBS tahlilchisi Stiven Milunovich ta’kidlashicha, iPhone 8 narxi 870 AQSh dollaridan boshlanadi, 256 GB xotiraga ega eng qimmat modeli esa $1070 bo‘ladi. 870 dollarlik modelning ichki xotirasi qancha bo‘lishi hozircha noma’lum, deb yozadi 9to5mac.com sayti.

Shuningdek, Milunovichning taxmin qilishicha, iPhone 8 kelasi yil sotiladigan barcha iPhone modellarining 45 foizini tashkil etadi. Barcha turdagi iPhone modellari orasida o‘rtacha olingan narx bir donasiga 730 dollarga to‘g‘ri keladi.

Tahlilchilar odatda bu kabi narx taxminlarida qurilmaning qismlari qiymatlariga asoslanishadi. Ammo shunisi ham borki, to smartfon rasman taqdim etilguniga qadar «uning ichida nimalar bor»ligi to‘lig‘icha ma’lum bo‘lmaydi. iPhone 8 modeli Apple’ning eng qimmat smartfoni bo‘lishi taxmin qilinmoqda, ammo kompaniya baribir narxni $1000 atrofida ushlab turishga harakat qiladi.

Mazkur devaysning taxminiy tashqi ko‘rinishini esa hoziroq quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin:

Mazkur qisqa rolikni dizayner Benjamin Geskin e’lon qilgan. Unda biz bo‘lajak yubiley flagmanining «jonli» maketini ko‘rishimiz mumkin. Bu maket avval e’lon qilingan chizmalar, renderlar, videolavhalar va fotosuratlardagi ko‘rinishga muvofiq tayyorlangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!