iPhone 8. Uning yonida ham ekran bo‘ladi…mi?

iPhone 8. Uning yonida ham ekran bo‘ladi…mi?

Smartfonlar bozorida raqobat kundan-kun ortib bormoqda. Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar foydalanuvchilar hali yangi mahsulotni “xazm qilish”ga ulgurmay, keyingi avlod qurilmalari haqida ma’lumot tarqatmoqda. Bu ham axborot, ham savdo bozori xaridorlarini o‘ziga jalb etishga qaratilgan.

Shu kunlarda YouTube`da  iPhone 8 konsepti haqidagi videorolik paydo bo‘ldi. Loyihada qurilmaning yon tarafida bazadagi funksiyalarni boshqari uchun maxsus ekran o‘rnatilgani ko‘rsatilgan.

Smartfonning texnik tavsifi: qurilma 8-yadroli Apple A10 protsessor(2.5 GGs takt chastotali), PowerVW GT8600 grafika, 6 GB operativ xotira, 12-megapiksel frontal va 20-megapiksel asosiy kamera hamda quvvati 3000mAs bo‘lgan batareya bilan ta’minlangan.

Asosiy yangilik—smartfon chetidagi ovozni ko‘tarib-tushirish, ekranni qulflash va fotokameraga o‘tish uchun mo‘ljallangan, an’anaviy tugma o‘rnidagi yon ekran.

Qurilma iOS 10 asosida ishlaydi va yupqa alyumin korpusga ega. iPhone smartfonlarining o‘n birinchi avlodi, videoda ko‘rsatilishcha, yaqin ikki yil ichida savdoga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!