iPhone 8 va Samsung Galaxy S8 o‘zaro taqqoslandi (video)

  •   DiMaX
  •  3030
  •  10.07.2017 16:29

iPhone 8 va Samsung Galaxy S8 o‘zaro taqqoslandi (video)

iPhone 8 taqdimoti sanasi yaqinlashgani sari, Apple’ning mazkur yubiley smartfoni to‘g‘risida ma’lumotlar ham tobora ko‘proq chiqib kelyapti. Bu boradagi so‘nggi mish-mishlarni Hi-Tech Mail.Ru sayti e’lon qilgan.

Masalan, iPhone 8 to‘rtta rangda chiqariladi va ulardan bittasi yangi rang bo‘ladi. Bu haqda mashhur dizayner Benjamin Geskin xabar bergan va, uning ta’kidlashicha, yangisi – «ko‘zgu» rangi bo‘ladi. Geskin hatto smartfonning mana shu g‘ayrioddiy rangdagi renderini ham tayyorlagan.

Yana bir mish-mish: taniqli dasturchi Jon Gruber o‘z Tvitterida yozishicha, iPhone 8’ning simsiz quvvatlash moslamasi uning jamlanmasida kelmasligidan tashqari, u hali ancha keyin – smartfon sotuvga chiqqanidan so‘ng chiqarilar ekan:


Shuningdek, Unbox Therapy ham iPhone 8 prototipini yaratib, uni bugungi kunda bozorda mavjud bo‘lgan turli gadjetlar bilan taqqoslab ko‘rsatdi. Mazkur prototip Apple flagmani haqidagi eng so‘nggi mish-mishlarga tayanib yasalgan. Xullas, shu videolavha orqali iPhone 8 haqida aniq tasavvur hosil qilish mumkin:

Unbox Therapy yangi iPhone 8’ning 5,8 dyuymlik ekranini uning asosiy raqobatchisi – Samsung Galaxy S8 displeyi bilan solishtiradi.

Shuningdek, video yangi flagmanda Home tugmasasi bo‘lmasligini tasdiqlaydi. Apple bu devaysida Touch ID datchigini qo‘llamasligi, uning o‘rniga yuzni tanish funksiyasi qo‘shilishi ham ma’lum bo‘ladi. Bu funksiya esa smartfonning old panelidagi 3D-kamera orqali ishlaydi.

Xullasi kalom, iPhone 8’ning sentyabrda bo‘lib o‘tadigan taqdimotiga qadar yana ma’lumotlar chiqadigan bo‘lsa, ulardan birinchilar qatorida xabardor qilamiz.


Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!