iPhone 8: yangi tafsilotlar e’lon qilindi

iPhone 8: yangi tafsilotlar e’lon qilindi

KGi Securities tahlilchisi, taniqli ekspertlardan biri Ming-Chi Kuo tomonidan tarqatilgan ma’lumotga ko‘ra, iPhone 8, iPhone 7s va iPhone 7s Plus flagmanlari 3 rangdagi — kumush, mis-tilla hamda qora korpuslarda ishlab chiqariladi.

5.8 (12.7 sm) dyuymli Full HD (1080 x 1920) ekranli iPhone 8 avvaliga cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi. Ya’ni, kuzda uning uzog‘i bilan 4 million donasi sotuvga chiqariladi. Tahlilchilarning fikricha, yangi ayfon jamoatchilik orasida katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lib, Apple undan 1 yilda kamida 50 million donagacha sotishga muvaffaq bo‘ladi.

4.7 dyuymli iPhone 7s esa 35 million, 5.5 dyuymli iPhone 7s Plus 20 million dona ishlab chiqariladi.


Yangi avlod iPhone flagmanlari tezkor va simsiz quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq, foydalanuvchilar bu texnologiyadan foydalanish uchun yana bir oz chiqim qilishlariga to‘g‘ri keladi, boisi maxsus kabel va adapter alohida sotiladi.

iPhone 7s hamda iPhone 7s Plus modellari LCD displeyga, iPhone 8 esa romdan xoli bo‘lgan OLED displey bilan ta’minlanadi.

Apple'ning HomePod gadjetiga oid yangi proshivkadan ma’lum bo‘lishicha, foydalanuvchi iPhone 8 smartfoniga ko‘z tashalyotgan mahalda voqea-hodisalar ovozsiz aks etadi. Misol uchun, siz ayfonga tikilib turganingizda kimdir qo‘ng‘iroq qilsa, smartfon o‘zidan ovoz chiqarmaydi.


iPhone 8 uchun Apple A11 -- 8 yadroli kuchli platforma yaratilgan. Uning ishlash salohiyati 2.5 Ggs.ni tashkil qiladi.

Apple'ning yangi avlod gadjetining orqa panelidan vertikal holatda joylashgan qo‘sh sensorli bosh kamera joy olishi taxmin qilinmoqda. Bu kamera manzarani 10 karra raqamli yaqinlashtirish, 2 karra optik yaqinlashtirish, qiyofani tanish kabi funksiyalarga ega bo‘ladi.

Apple'ning yangi smartfonining taqdimotiga bir necha hafta qoldi. Yangiliklar bilan biz orqali tanishishda davom eting.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!