iPhone 8 yoki iPhone X'ni unuting! Kamxarj iPhone 6S xarid qilish uchun 8 sabab!

iPhone 8 yoki iPhone X'ni unuting! Kamxarj iPhone 6S xarid qilish uchun 8 sabab!

Ikkilanmay aytish mumkinki, iPhone 6S modeli ishlab chiqaruvchiga omad olib kelgan smartfonlardan biri bo‘lgan. Bu smartfon 2 yil avval taqdim qilingan bo‘lsa ham, Apple uni hali ham ishlab chiqaradi va u yaxshi sotilmoqda. Buning muhim sabablari bor, albatta.

iPhone 6S ba’zi jihatlariga ko‘ra, iPhone SE hamda iPhone 7 bilan ham bahslasha oladi. Bu iPhone modelini 2017 yilning "qahramoni" — iPhone 8 va iPhone X bilan taqqoslab ko‘rish mumkin.

iPhone 6S tashqi dizayn va ko‘rinishidan iPhone 8'dan u qadar ham katta farq qilmaydi. Ayniqsa, old panelning ko‘rinishi deyarli bir xil.

Bugungi flagmanlar o‘rniga iPhone 6S xarid qilish uchun hozir ham kamida 8 ta sabab topsa bo‘ladi:

1. iPhone 6S ancha arzon.
Ming dollarlik iPhone X noyabrda "Malika"ga kelgan taqdirda ham, uning bahosi kamida 10 million so‘m bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumotlar yuribdi. Narx-navo borasida iPhone 6s unga qaraganda ancha kamtar. Xalqaro bozorda bu smartfon 600 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

Misol uchun, 2017 yilning 20 oktyabr holatida "Malika"da iPhone 6s (16 Gb, gold, grey, rose) – 3 649 000 so‘m, iPhone 6s (32 Gb, grey, rose) – 4 100 000 so‘mdan sotilmoqda. Negadir bu smartfon yangi ayfonlar taqdimotidan keyin ham arzonlashmadi.

iPhone 8 (64 Gb, gold, silver) esa poytaxtimizda 6 437 000 so‘mdan sotilmoqda.

2. iPhone 6S rang-barang talqinda
iPhone 6S 4 rangdagi korpusda ishlab chiqarilmoqda: "kulrang fazo", kumush rang, tilla rang va och-pushti rangli korpuslarda.
iPhone 8 esa hozircha kumush va tilla, "kulrang fazo" ranglarda ishlab chiqarilmoqda.
iPhone X esa hozircha kumush va "kulrang fazo" ranglari bilan cheklanib qolgan.
Ya’ni, iPhone 6S'da rang tanlovi kengroi.

3. iPhone 6S va iPhone 8 -- misoli egizaklar
Hatto ularning jihatlari ham o‘xshash. Hatto, iPhone 6S metall korpusi bilan shishadan tayyorlangan iPhone 8'dan pishiqroq.
iPhone 8 noxos qo‘ldan tushib ketsa, o‘sha zahotiyoq uning korpusi darz ketishi mumkin. iPhone X'da ham ahvol shunday.
Quvvat olish tezligi va ishlash vaqti deyarli bir xil
Odatiy usulda quvvatlaganda barcha gadjetlarning quvvat olish imkoniyati bir xil. Ba’zi jihatlari bilan iPhone 6S hatto iPhone 8'ni ham uyaltiradi.

4. iPhone 6S hali ham samarali platformaga ega
iOS'ning yangi tizimiga yangilansa-da, IPhone'ning samarali ishlashiga guvoh bo‘lish mumkin. A9 protsessori hozirgacha ham samarali tizimga ega va smartfonning tezkor faoliyatini ta’minlaydi.

5. Bosh kamera, deyarli bir xil
iPhone 6S yordamida yaxshi suratlar olish mumkin. iPhone 6S yoki iPhone 8 qurilmalarining bu modellari olgan tasvirlar o‘rtasidagi farq ko‘zga yaqqol tashlanmaydi.

6. iPhone 6S'da an’anaviy audio-tuynuk bor
Bu audio portining mavjudligi smartfonni quvvatlash chog‘ida ham unda musiqa tinglash yoki tasvir tomosha qilish imkonini beradi. iPhone 8 va iPhone X korpusi suv va changdan himoyalangan bo‘lsa ham, IP67 guvohnomasi u qadar ham kuchli himoya tizimi emas.

7. Sifatli ekran
iPhone 6S displeyini iPhone 8'niki bilan qo‘rqmasdan qiyoslash mumkin. Ekranning rang-tus yetkazishi va TrueTone rejimini qo‘llab-quvvatlashi ham o‘xshash jihatlar. iPhone X'dagi OLED-ekran, ehtimol ba’zi jihatlari bilan ustun bo‘lishi mumkin, biroq bu haqida hozircha biror nima deyish qiyin.

8. Dasturiy ta’minot barcha iPhone'da bir xil
Apple hozircha iPhone 6S'ni ham o‘zining eng so‘nggi tizimi -- iOS 11 talqini bilan ta’minlab turibdi. iPhone X'da mavjud dasturlardan bu smartfonda ham foydalanish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.