iPhone 9 bugunoq chiqadi – uning g‘ilofi allaqachon do‘konlarga keldi! (+«jonli» rasm)

  •   DiMaX
  •  3286
  •  31.03.2020 10:28

iPhone 9 bugunoq chiqadi – uning g‘ilofi allaqachon do‘konlarga keldi! (+«jonli» rasm)

Millionlab kishilar kutayotgan iPhone SE 2 smartfonini Apple korporatsiyasi iPhone 9 nomi bilan chiqarishi ma’lum, lekin uning taqdimoti bekor qilingan. Shu bilan birga, yana bitta nisbatan arzon ayfon – uning Plus-versiyasi ham chiqarilishi haqida biz bultur dekabrdayoq yozgandik.

O‘QING: Eng xaridorgir smartfon endi qimmatlaydi – uning ishlab chiqarilishi to‘xtatildi

Internetda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Apple ushbu arzon smartfoni namoyishini bugun – 31 mart kuniyoq o‘tkazishi mumkin. Aytish kerakki, uning «ajdod»i – iPhone SE modeli ham 2016 yilning ayni shu sanasida taqdim etilgan.

MacRumors nashri allaqachon iPhone 9 himoya g‘ilofining «jonli» rasmini e’lon qilgan. Tahririyatga uni AQShdagi yirik riteyler – Best Buy xodimi jo‘natgan. Qadoqda ko‘rsatilishicha, Urban Armor Gear nomli g‘ilof 2020 yilgi 4,7 dyuymlik iPhone’ga mo‘ljallangan:

Shuningdek, Best Buy o‘z xodimlariga ushbu tovarni to 5 aprel – yakshanba kunigacha sotuvga qo‘ymaslik kerakligini ta’kidlagan. Shunga ko‘ra, iPhone SE 2 bugun rasman namoyish qilinib, yakshanba kuniyoq savdoga chiqariladi.

PhoneArena nashrining ta’kidlashicha, Apple aslida 31 mart kuni butun boshli taqdimot marosimi o‘tkazishni mo‘ljallagan edi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli «jonli» namoyishni bekor qilishgan.

O‘QING: «Millionlar orzusi» – iPhone SE 2 (iPhone 9) ilk «jonli» rasmda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!