iPhone, Android smartfon yo‘qolsa, qanday qilib izlash mumkin?

iPhone, Android smartfon yo‘qolsa, qanday qilib izlash mumkin?

iOS qurilmalari
Apple’ning “Find My” (Meni top) xizmati yordamida yo‘qolgan iPhone, iPad, va hatto Mac kompyuterlarini ham topish mumkin. Agar siz mazkur turdagi gadjetdan foydalansangiz, ulardagi “iCloud” sozlamasi orqali bu xizmatni yoqib qo‘ying va shu orqali qurilma yo‘qolgan taqdirda, kompaniyaning iCloud veb-sayti yordamida uni izlashingiz, ketiga tushishingiz mumkin bo‘ladi.

Find
Apple yechim va dasturlari doimo pishiq-puxtaligi bilan ajralib turgan. Agar iPhone yoki iPad gadjetini “lost mode” (Yo‘qolgan) rejimiga qo‘yadigan bo‘lsangiz, iCloud xizmati avtomatik ravishda qurilma joylashgan manzilni vaqtigacha yozib boradi va foydalanuvchi yo‘qolgan gadjet tarixi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladi. Hattoki, uni o‘g‘irlagan yoki topib olgan odam qurilmadagi zavodda o‘rnatilgan tizimni yangilagan taqdirda ham, jabrlanuvchi iPhone yoki iPad’ining geografik joylashuvini bilib, uni masofadan turib boshqarishlari mumkin. iCloud tizimi orqali jabrlanuvchi “o‘g‘irlangan” deb belgilagan iPhone va iPad’larni Apple faoliyatini to‘xtatib qo‘yadi.
Hatto, Mac kompyuterini ham masofadan turib qulflab qo‘yishi mumkin. Shunda Mac zudlik bilan faoliyatdan to‘xtab, uni o‘g‘irlagan kishi operatsion tizimga kira olmaydi. Buning uchun jabrlanuvchi onlayn o‘rnatgan maxfiy so‘z kerak bo‘ladi.
Shu bilan birga, iOS qurilmalari yoki Mac’ni o‘g‘irlatib qo‘yganlar ularda o‘ta qimmatli ma’lumot bo‘lgan taqdirda, masofadan turib ularni o‘chirib tashlashlari mumkin.

“Find My iPhone” (Mening ayfonimni topish) ilovasiini yuklab olish.

Find
Android gadjetlar

Android’ning bepul Android Device Manager (qurilmalar menejeri) sizga yo‘qolgan qurilmaning ketgia tushish, uni qulflab qo‘yish, ulardagi ma’lumotlarni o‘chirib tashlash imkonini beradi. Buning uchun siz o‘zingiz foydalanayotgan Android qurilmasidagi “Google Settings app” (Google ilovalari sozlamalari)’ga kirib, Android Device Manager ilovasini faollashtirib qo‘ying.
Qurilma yo‘qolgan taqdirda Google Play veb-saytiga kiring va “Sozlamalar tugmasi”ni bosib, Android Device Manager’ni tanlang. Siz xaritada gadjet joylashgan geografik manzilni ko‘rasiz. Apple’ning bu boradagi yechimidan farqli ravishda, agar qurilmani olgan odam unga zavodda o‘rnatilgan tizimni yangilasa, Android Device Manager ishdan chiqadi va jabrlanuvchi gadjetini kuzata olmaydi.

Android Device Manager, shuningdek yo‘qolgan telefonning geografik harakatlanish tarixi haqida batafsil ma’lumot bermaydi. U faqatgina siz gadjetni qidirib saytga kirgan paytda uning qayerdaligini ko‘rsatib, tizimdan chiqishingiz bilan qurilmani nazorat qilmay qo‘yadi.

Android qurilmalari, shuningdek uchinchi tomon ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlangan izlash dasturlarini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Misol uchun, Avast kompaniyasining Anti-Theft app (O‘g‘rilarga qarshi) ilovasi qurilmadagi tizim yangilangan taqdirda ham, uning joylashgan hududini ko‘rish imkoniyatini beradi. Shunday bo‘lsa ham, doimiy xotira qurilmasi proshivka qilinganida bu ilova ham ishlamasligi mumkin.

Android Lost ilovasi esa uni oldindan o‘rnatmagan bo‘lsangiz ham, qurilmani masofadan turib kuzatish imkonini beradi. Shunday pullik ilovalar borki, ular yordamida yo‘qolgan telefon orqali suratga olish, yon-atrofdagi ovozni yozib olish mumkin.

Cerberus qurilmalarning ketgia tushish ilovasini yuklab olish.

Shu bilan birga, ba’zi gadjetlarga ishlab chiqarilayotgan vaqtda GPS qurilmasi o‘rnatilgan bo‘ladi. Foydalanuvchi uni yo‘qotishdan avval bu xizmatni yoqib qo‘ygan bo‘lsa, unda gadjetni izlash mumkin bo‘ladi.

Smartfon foydalanuvchilari uchun Prey  xizmati ham iPhone, ham Android tutadigan foydalanuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Qolaversa, uni noutbukka ham o‘rnatib qo‘yish mumkin.  Lookout va Avast xizmatlari esa iPhone hamda Android qurilmalarni nafaqat izlashda, balki ularni zararli viruslardan himoya qilishda ham foydali.

Xulosa

Bugun smartfon shunday qadrdon bo‘lib qoldiki, usiz kunimizni tasavvur qilish qiyin. Modomiki, u yo‘qolib qolsa bormi, halovatimiz ham yo‘qoladi. Shunday ekan, yo‘qotishdan avval kerakli xavfsizlik choralarini ko‘ring.
Mazkur xizmatlarni ko‘rsatuvchi kompaniyalarning barchasi foydalanuvchiga yo‘qolgan telefonni yolg‘iz emas, ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda izlash kerakligini maslahat berishadi. Shunday ekan, siz ham yolg‘iz harakatlanishga tavakkal qilmang.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!