iPhone: asl va qalbaki mahsulotni farqlashga oid maslahatlar  

iPhone: asl va qalbaki mahsulotni farqlashga oid maslahatlar  

The Economist nashrining 2015 yilning birinchi choragida e’lon qilgan materialda yozilishicha, Xitoy jahon miqyosida sotuvga chiqarilayotgan binolarda sun’iy iqlim hosil qiluvchi konditsionerlarning 80 foizini, mobil qurilmalarning 70 foizini ishlab chiqarayotgan ekan.

Shuningdek, Xitoydagi fabrika va zavodlar dunyodagi yirik brendlarning mahsulotlarini ommaviy ishlab chiqarish orqali ularning iqtisodiyotiga milliardlab dollar zarar yetkazmoqda.

Ayniqsa, Xitoyning soxta mahsulotlar sanoatida elektronika vositalarining ulushi katta. AQShda elektron mahsulotlarning sotib olinishi yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqtolarda ma’lum bo‘lishicha, aholi so‘nggi yillarda taxminan 150 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni aynan soxta maishiy texnika mahsulotlariga sarflar ekan. Ularning aksariyati esa Xitoyda ishlab chiqarilgan bo‘lib chiqyapti.

Xitoy elektronika sanoatida iPhone qurilmalarini ishlab chiqarish avj olmoqda. Mamlakatning ishlab chiqarish markazi hisoblangan Pekinda har yili politsiya tomonidan bahosi 19 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 40 mingdan ziyod soxta ayfonlar musodara qilinadi. Bu mobil vositalar sotuv uchun rivojlangan mamlakatlarga kamdan-kam holatda yetib boradi. Ular asosan turli noqonuniy yo‘llar bilan endi rivojlanayotgan Osiyo davlatlariga kirib boradi.

Ayfon qurilmasini xarid qilishdan va uning asl yoki soxtaligini bilishdan avval quyidagi tavsiyalarni yodda tuting.

Birinchidan, qo‘lingizdagi qurilma dastur va ilovalarining ishlash tezligi juda sekin bo‘lsa, jarayonda “qotib qolish” va to‘xtab qolishlar kuzatilsa, uning displeyidagi sezuvchanlik darajasi past bo‘lsa, monitordagi xiralikni payqasangiz, bilingki, uning bosh platasi va protsessori talab darajasida emas, ya’ni qo‘lingizda qalbaki ayfon turibdi.

Shuningdek, qurilmaning orqa tomonida, iPhone logotipining ostida kichkina raqamlarda o‘yib yozilgan, mobil qurilmalar uchun beriladigan xalqaro identifikatsiya raqami mavjud. Telefondan Settings > General > About (Sozlamalar > Umumiy  > Haqida)ga kirib, shu serial va raqamni tering. Agar bu ko‘rsatkich nomuvofiq kelsa, unda mahsulot qalbaki.

Bu raqam qurilma idishining quyi qismida ham yozilgan bo‘lishi kerak. Agar bu raqam korpus va ichki serial raqamidan farq qilgan taqdirda, soxta ayfonni xarid qilishdan ehtiyot bo‘ling.

Shuningdek, mazkur serial raqamini Apple mahsulotlarini kafolatlash onlayn xizmati orqali ham tekshirib, qurilma haqida ma’lumot olishingiz ham mumkin. ya’ni, siz tekshirayotgan qurilma qalbaki bo‘lsa, tizim sizga raqam bilan bog‘liq xatolik mavjudligi to‘g‘risida xabar beradi.

Ayfonni soxtalashtirishning yana bir yo‘li ularga Android tizimlarini o‘rnatishdir. Bunda esa qurilmadagi “bosh tugma”ni bosib, Siri virtual yordamchiga ovozli buyruq berish kerak. Agar Siri javob qaytarmasa, bilingki qurilma soxtalashtirilgan yoki nosoz bo‘ladi. Boshqa bir jihati – bu kabi qurilmalarning menyusida Google Play onlayn do‘koni ilovasining belgisi turgan bo‘ladi yoki App Store internet do‘koni belgisi bosilganida qurilma soxta bo‘lsa, do‘konga kira olmaydi.

Qolversa, narx-navosidan ham qurilmaning chinakam brendga tegishli yoki soxtaligini bilish mumkin. Ya’ni, haqiqiy ayfon qurilmasi 100 yoki 200 AQSh dollariga sotilishi ham shubhaga sabab bo‘lishi mumkin. Ya’ni, odatda qalbaki ayfon aslidan 4 marotaba arzonroq sotiladi. To‘g‘ri, ko‘pchilik cho‘ntakbopligi uchun ham bu turdagi soxta qurilmalarni ko‘tarib yurishni ma’qul ko‘radi.

Soxtalashtirilgan IPhone qurilmalarida ikkita SIM-kartani o‘qish tizimi mavjud bo‘ladi. Shuningdek, ularni stilus – displey qalamchalari orqali boshqarib bo‘lmaydi, ularning tizimiga barmoq izlari skaneri tizimi orqali kirib foydalanish mumkin.

Qo‘shimcha xotira hajmi asl ayfon qurilmalarida chegaralangan bo‘ladi. Soxta ayfonlarda esa qo‘shimcha xotira qurilmalarini kengaytirish mumkin.

Soxta ayfonlarda mobil televideniye tizimi mavjud bo‘ladi.

Asl ayfonda bosh tugma botiq shaklda bo‘ladi. Qurilmaning soxta talqinida bu tugma qavariq shaklda, ya’ni bo‘rtib chiqqan bo‘ladi.

Qolaversa, asl ayfon qurilmasining detallari bir-biriga besh burchakli burama mixlarda qotirilgan bo‘ladi. Soxta qurilmalarda esa xoch shaklidagi shuruplardan foydalaniladi.

Ayniqsa, qurilma idishidan ham yetarli ma’lumot olish mumkin.

Apple qurilma idishining rangi va sifatiga katta e’tibor qaratadi. Qutidagi ranglar tiniqligiga diqqat qiling.

Qutining orqa qismida etiketga yopishtirilgan bo‘lishi shart. Ushbu etiketkada ishlab chiqarishga oid ma’lumotlar, kod va model to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan. Shuningdek, unda mobil qurilma identifikatsiya serial va raqami bo‘ladi.

Yangi qurilma qutisida rozetka, quvvatlash kabeli hamda audio quloqchinlar bo‘ladi. Ularning qurilma rangi va bir-biriga mutanosibligiga e’tibor qiling. Shuningdek, qutining ichki qismi va dizayni ham mazkur aksessuarlarga mos bo‘lishi kerak. Yangi iPhone qurilmalari har doimo qo‘llanma bilan birga taqdim qilinadi. Shuningdek, unda “Designed by Apple in California” yozuvi mavjud muhr bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga, yangi qurilma qutisida SIM-kartani ko‘chirishga mo‘ljallangan to‘g‘nag‘ich bo‘ladi. Bu to‘g‘nag‘ichning shakli va hajmi, muvofiqligini ham tekshirib ko‘ring.

Mana bu konnektorlarni bir qarashda ajratish qiyin. Lekin diqqat bilan ko‘zdan kechirilsa, o‘ng tomondagi original kabelning konnektorlari yassi burchakli oq hoshiyaga ega. Soxta kabelning ulanadigan qismi ham uzunroq.

USB kabelni esa metall sifatiga qarab aniqlash mumkin. O‘ng tomondagi asl kabel sirtining nafisligi bilan chap tomondagi dag‘al sirtli o‘xshashidan ajralib turibdi. Bu uning arzon metalldan tayyorlanganidan darak beradi.

Kabelga tushirilgan yozuvlarning rangi va sifati ham asl kabelni ajratish imkonini beradi. Yuqoridagi asl kabel aniq-tiniq yozuvlari bilan ajralib turadi.

Mutaxassis va ekspertlarning fikricha, internet do‘koni orqali ayfon telefonlariga buyurtma berayotganlarning aksariyatiga soxta qurilmalar yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, Apple’ning Xitoydagi bo‘linmasi osiyolik foydalanuvchilarni tez-tez qurilmani quvvatlashda asl aksessuardan foydalanmaslik noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi to‘g‘risida ham ogohlantiradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!