iPhone bahonasida ikki qiz 19 yashar talaba yigitni zo‘rlashdi

  •   DiMaX
  •  9531
  •  26.09.2019 01:17

iPhone bahonasida ikki qiz 19 yashar talaba yigitni zo‘rlashdi

Tataristonning Bugulma shahrida ikki qiz 19 yoshli talaba yigitni zo‘rladi. Bu haqda «Tatarstan-24» portali xabariga tayanib Sof.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Xitoylik ikki talaba qalbaki iPhone’lar bilan Apple’ni salkam million dollarga tushirdi!

Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchining 22 yoshli tanishi smartfonini tuzatib berish uchun uyiga taklif qiladi. Kvartirada qizning 32 yoshli dugonasi ham bo‘ladi.

Talaba yigit telefonni tuzatib, egasiga qaytarganda, iPhone ekranida ozgina yoriq paydo bo‘lganini ko‘rgan qiz undan kompensatsiya uchun 3000 rubl talab qiladi.

Yigit rad javobini berganidan so‘ng, qizlar uni urib, talabaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik o‘tkazishadi va buni o‘sha iPhone kamerasida videoga olishadi. «Agar pulni bermasang, buni internetga chiqarib yuboramiz», deb tahdid qilishadi.

Jabrlanuvchi militsiyaga murojat qiladi. Uning aytishicha, telefondagi chiziqlar qizlarning yovvoyi jinsiy xohishlarini amalga oshirish uchun bahona bo‘lgan, xolos.

Voqea yuzasidan jinsiy zo‘ravonlik aybi bilan qizlarga nisbatan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

O‘QING: Erkaklarni smartfon va Wi-Fi zararidan himoyalovchi ichki kiyim yaratildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.