iPhone ba’zilarni qo‘rqityapti. Siz-chi? Siz qo‘rqmayapsizmi?

iPhone ba’zilarni qo‘rqityapti. Siz-chi? Siz qo‘rqmayapsizmi?

Kichik teshikchalardan qo‘rquvchi kishilar Apple'ning iPhone 11 Pro'si ularning fobiasini kuchaytirayotganini aytmoqda.

Seshanba kungi taqdimot davomida ko‘pchilikning e’tibori smartfonning ultra keng burchakli orqa kamerasi va uning yonidan joy olgan uchta kuchli ob’yektivga qaratilgan edi. Kamera modullariga chiroq va audio zum mikrofoni qo‘shnilik qiladi.

Endilikda yuzlab smartfon foydalanuvchilari devaysning yangicha dizayni ularning tripofobiyasini kuchaytirayotganini ta’kidlamoqda. Fobianing bu turi kichik tirqish va teshiklar to‘piga nisbatan nafrat hissi bilan xarakterlanadi.

"Tripofobiya" atamasidan ilk marotaba 2005 yilda Reddit onlayn forumida foydalanishgan va o‘shandan buyon u ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilib kelinadi.

"Qo‘rqinchli hikoya" filmi aktrisalari Sara Polson va Kendal Jenner o‘zlarida ushbu anomaliya borligini aytgan.

Angliyadagi Esseks Universiteti ko‘rish bo‘yicha mutaxassisi, olim doktor Jeff Koul hamkasbi professor Arnold Uilkinz bilan birga tripofobiaga doir ilk ilmiy tadqiqotda ishtirok etgan.

Tripofobiasi bor odamlar kichik teshikchalari bor narsalarga qaraganda, ularda nafrat hissi yuzaga keladi.

 

"U [tripofobia] hammamizda bor, faqat kuchlilik darajasida farq qiladi", degan edi doktor Koli BBC News'ga ilgariroq bergan intervyusida.

Ular o‘tkazgan izlanishlar natijasida shu narsa aniqlanganki, kichik teshikchalarni ko‘rganda yuzaga keladigan reaksiya o‘ta kuchli darajada bo‘lishi mumkin.

Doktor Koul va professor Uilkinzlarning ta’kidlashicha, tripofobiasi boshlanganda qayd qilib yuborgan yoki bir necha kun ishga borolmaganlar ham bo‘lgan.

"Bu tana harakatini ancha cheklab qo‘yishi mumkin", deya qo‘shimcha qiladi professor Uilkinz.

O‘QING: Eng qudratli flagmanlar – iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max bilan tanishamiz! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!