iPhone’dan Yangi yil tabrigi yozganlarni Huawei qattiq jazoladi!

  •   DiMaX
  •  1489
  •  04.01.2019 13:37

iPhone’dan Yangi yil tabrigi yozganlarni Huawei qattiq jazoladi!

Xitoydagi yirik kompaniyalar Apple mahsulotlariga boykot e’lon qilishayotganidan xabaringiz bor. Buning sababi – o‘tgan yilning 1 dekabr kuni AQSh talabiga binoan, Kanadaning Vankuver shahrida Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjou hibsga olingan.

O‘QING: iPhone egalarini jazolay boshlashdi: jarima, maoshdan kesish va hatto ishdan bo‘shatishgacha!

Yangi yil tunida kutilmagan voqea yuz bergan: Huawei kompaniyasining Twitter’dagi rasmiy sahifasidagi bayram tabrigi iPhone’dan yozilgan! Mana, ushbu tvit 31 dekabr tunida – Yangi yil kirib kelishiga 29 daqiqa qolganida yozilgan.

Xabarning so‘ngida uning ayfondan yozilganligini anglatuvchi «Via Twitter for iPhone» yozuvi mavjud. Garchi bu bitik tezda Twitter’dan o‘chirib tashlangan bo‘lsa-da, tarmoq foydalanuvchilari allaqachon undan skrinshot olib ulgurishgan va internetda tarqatishgan.

Huawei rahbariyati tezda vaziyatdan xabar topgan va bunga yo‘l qo‘ygan xodimlarini chaqirib olib suhbat o‘tkazgan. Ular o‘z lavozimlaridan quyi tushirilgan, oylik maoshlari esa 728 dollarga pasaytirilgan.

Shuningdek, raqamli marketing bo‘limi boshlig‘ini ham suhbatga chaqirib, lavozimidan olishgan va maoshini qisqartirishgan. Jazoga tortilganlarning lavozimi ham, maoshi ham 12 oy mobaynida oshirilmasligi belgilab qo‘yilgan.

O‘QING: Apple’ga ikkinchi zarba: yana bir mamlakatda iPhone savdosi taqiqlandi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!