iPhone egalari norozi: iOS yangilanishi akkumulyatorini «yeb» qo‘ymoqda!

  •   DiMaX
  •  559
  •  02.06.2021 17:42

iPhone egalari norozi: iOS yangilanishi akkumulyatorini «yeb» qo‘ymoqda!

Apple yaqinda o‘z smartfonlari uchun iOS 14.6 talqinidagi operatsion tizim talqinini chiqargan edi. iPhone egalarining fikriga ko‘ra, bu yangilanish smartfon batareyasini «o‘ldiradi», deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: iOS 15 hamda iPadOS 15’ga yangilanuvchi 16 xil ayfon va 13 xil aypad ro‘yxati

iOS 14.6 versiyasi chiqarilgandan bir necha kun o‘tgach, ko‘plab foydalanuvchilar akkumulyator smartfondan foydalanmasalar ham, ko‘z oldilarida zaryadsizlanib ketayotganligi sababli yangilanishdan norozi bo‘lishdi.

«Qurbon»lardan biri tunda o‘zining «uyqudagi» iPhone 12 smartfoni zaryadining 30 foizini yo‘qotgani haqida xabar berdi.

Apple forumlarda paydo bo‘lgan shikoyatlarga hech qanday izoh bermadi, ammo ko‘plab foydalanuvchilar buni AirTag mayoqlari bilan bog‘lashadi.

O‘QING: iPhone egalarini Android-smartfonga o‘tishga undayotgan uchta asosiy sabab

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!