iPhone egalari shikoyat qilmoqda: akkumulyator o‘tirib qolyapti

  •   Saroy
  •  1096
  •  09.07.2018 13:58

iPhone egalari shikoyat qilmoqda: akkumulyator o‘tirib qolyapti

Apple’ni qo‘llab quvvatlash  xizmati forumida foydalanuvchilarning shikoyati ko‘payib ketdi. Ularning ta’kidlashicha,  iOS 11.4 gacha yangilanishdan keyin batareya quvvati tez tugab qolmoqda. Nomi Zide99 bo‘lgan foydalanuvchi ushbu mavzuni muhokama qilishni birinchi bo‘lib boshlab berdi.  Uning aytishicha,  iPhone 6 smartfoni yangilanish o‘rnatilishdan avval juda yaxshi ishlagan edi, endi esa foydalanilmasa ham o‘zidan o‘zi quvvatsizlanib qolyapti.

Yana bir foydalanuvchining ma’lum qilishicha, uning smartfonidagi akkumulyator statistikasi 50 foizni ko‘rsatib turadi, hatto qurilma umuman ishlatilmaganda ham. Shu bois smartfonni har 2-3 soatda quvvatlantirishga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘QING:Phone’ ning 2018 yilda chiqadigan uchta modeli: biri ma’lum bo‘ldi

Ehtimol, yangilanishda qandaydir fon jarayoni ham ishga tushib ketgan  va samartfonni “uxlash” rejimiga o‘tishiga halaqit bersa kerak. Shundanmi, foydalanuvchilar iPhone smartfonlari ishlamay turgan holatda ham batareyasi o‘tirib qolayotganidan shikoyat qilmoqda.

 Mana nima deb yozadi foydalanuvchilardan biri: Mening iPhone 6s smartfonim ham iOS 11.4 gacha yangilanishdan keyin shunday muammoga duch keldi. Men uni 100 foiz quvvatlantirdim, qayta qo‘shdim, so‘ngra 4 soatga o‘z holicha tashlab qo‘ydim, ya’ni ishlatmadim, batareya quvvati 40 foizgacha tushib ketibdi.

Forumda ushbu muammoni 3133 foydalanuvchi tasdikladi. Muhokama 33 sahifani egalladi. Bu,  muammo ommaviy tus olgan, deganidir. Hozircha,  Apple bu masalada  rasmiy bayonot berganicha yo‘q.

O‘QING: Apple barcha xizmatlarni bitta imzoga birlashtirmoqchi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!