iPhone egalari uchun Telegram’ning beshta yashirin imkoniyati

  •   DiMaX
  •  1659
  •  06.08.2021 16:34

iPhone egalari uchun Telegram’ning beshta yashirin imkoniyati

Telegram messenjerini ishlatmaydigan odam O‘zbekistonda kam bo‘lsa kerak, ammo uning aksariyat imkoniyatlarini ko‘pchilik bilmaydi ham. Quyida mazkur platformaning iOS-kliyentidagi ayrim maxfiy funksiyalaridan foydalanish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.

O‘QING: Telegram yangilandi: 1000 tagacha tomoshabinli video chaqiruvlar, video ijro tezligi, videoxabarlar 2.0 va boshqalar

1. Telegram’ga ikkinchi akkauntni qo‘shish

Buning uchun menyuga kiramiz va «Sozlamalar» belgichasiga barmog‘imizni bosib turamiz.

2. Maxfiy sozlamalar menyusiga kirish

«Sozlamalar» belgichasini ketma-ket o‘n marta bossangiz, quyidagi menyu ochiladi:

Bu yerda oddiy sozlamalarda mavjud bo‘lmagan ko‘plab funksiyalar bor.

O‘QING: Telegram’da kanal, guruh yoki bot uchun «Tasdiqlangan» belgisini olish osonlashdi!

3. Faol shovqin to‘sish funksiyasi

Avvalo, maxfiy sozlamalar menyusiga kiramiz, u yerda pastga yurib, «Noise Suppression» bandini tanlaymiz,

Ovozli chatlarda ushbu funksiya rosa ish beradi.

4. Ma’lumotlar bazasini va keshni tozalash

Telegram ayfoningiz xotirasida ko‘p joy egallab boryaptimi? Unda «Clear Database» hamda «Clear Database and Cache» orqali tozalash ishlarini o‘tkazing.

Shuningdek, ma’lumotlar bazasini optimizatsiya qilib yuborish ham zarar qilmaydi, buning uchun «Optimize Database»ni bosasiz.

5. Kodekni tanlash

Telegram’da videolarni ijro etishda qo‘llanuvchi kodekni o‘zingiz tanlay olasiz. Ular to‘rtta bo‘lib, Apple trafikni tejash uchun H264/H265 kodeklarini tanlashni maslahat bergan.

Darvoqe, mushuklarning Telegram’ga qanday aloqasi borligini bilasizmi? Bu xususda «Telegram’dagi ma’lumotlaringiz qanchalik maxfiy?» maqolamizda ma’lumot berganmiz.

O‘QING: Prezident xalqqa o‘z Telegram va WhatsApp raqamlarini berdi: «Meni ham guruhingizga qo‘shib qo‘ying!»

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!