iPhone egalari uzoq kutgan yangilik

iPhone egalari uzoq kutgan yangilik

Apple'ning har yili o'tkaziladigan "Dunyo bo'ylab dasturchilar konferensiyasi", ya'ni WWDC tadbiriga ham bir haftacha vaqt qoldi. Ushbu konferensiya davomida kompaniya o'zining kelgusi yil uchun dasturiy ta'minoti rejalarini belgilaydi va bunda bizning asosiy e'tiborimiz iOS 16'ga qaratilgan.

Bloomberg nashrining xabar berishicha, "Sydney" kod nomli yangi iOS versiyasi ancha muhim yangilik, "always-on display" (AoD) funksiyasiga ega bo'ladi va bu faqat iPhone 14 Pro bilan iPhone 14 Pro Max uchun "eksklyuziv" tarzda chiqarilishi mumkin ekan. Telefon qulflangan holda ham ekranda vaqt, bildirishnomalar kabi cheklangan ma'lumotlarni ko'rsatib turadigan ushbu funksiya deyarli barcha Android smartfonlarida allaqachondan beri mavjud edi.

Ma'lum bo'lishicha, iPhone uchun AoD xususiyati xuddi Apple Watch 5 va undan yuqori qatordagi aqlli soatlarda bo'lgani kabi ishlaydi: AoD yoqilgan paytda energiya tejalishi uchun ekran qulfi yangilanish tezligi pastlatib qo'yiladi.

Hozircha Apple o'zining yangi Watch modellari uchun foydalangan LTPO displeylaridan iPhone'da ham foydalanadimi yoki yo'q, bunisi noma'lum. O'tgan yili iPhone 13 qatoridagi smartfonlarda chiqarilishi kutilgan bu kam-quvvatli displeylar AoD'ning to'g'ri ishlashiga yordam beradi.

Samsung Galaxy smartfonlarida AoD vaqtni, batarey holatini, vidjetlar va boshqalarni ko'rsata oladi. iPhone 14 Pro / Max ham iOS 16 bilan xuddi shunday funksiyalar, shuningdek, "vidjetga-o'xshash fon suratlari" xususiyatiga ega bo'lishi aytilmoqda.

 D73 va D74 kod nomli iPhone 14'ning Pro modellari AoD'dan tashqari yangicha old ekran dizayni, A16 chipi, 48MP kamera va boshqa sezilarli darajadagi o'zgarishlarga ega bo'lishi kutilmoqda va u joriy yilning kuz faslida chiqariladi.

O'QING: Apple tez kunda o'zining virtual reallik qurilmasini taqdim qilishi mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!