iPhone egalarini Android-smartfonga o‘tishga undayotgan uchta asosiy sabab

  •   DiMaX
  •  2352
  •  17.03.2021 14:50

iPhone egalarini Android-smartfonga o‘tishga undayotgan uchta asosiy sabab

SellCell kompaniyasi 5000 nafar amerikalik orasida so‘rov o‘tkazib, foydalanuvchilarning iPhone brendiga sodiqligini aniqladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich rekord darajaga – 91,9 foizga yetgan; bu esa bulturgisidan 1,4% ga ko‘proq.

O‘QING: Amerikaliklarning o‘zlari qaysi iPhone’larni ko‘proq olishyapti?

Shu bilan birga, tadqiqotda iPhone ishlatishdan voz kechib, o‘rniga Android-smartfon olganlar ham bo‘lgan va buning sabablari ham o‘rganilgan. Bular quyidagi omillardir:

  1. Android-smartfonlarning ekranlari sifatliroq.
  2. Aksariyat smartfonlarning kameralari iPhone’nikidan kuchli.
  3. Zamonaviy Android-smartfonlarning akkumulyatorlari kattaroq tok sig‘imiga ega.

Bulardan tashqari, Android operatsion tizimining ochiqligi, foydalanuvchi uni o‘ziga moslay olishini ham e’tirof etishgan. Ushbu operatsion tizimli smartfonga o‘tishni istayotgan iPhone egalarining yarmi Samsung mahsulotlarini tanlashgan, 30 foizi esa Google Pixel modellarini ma’qul ko‘rishgan.

O‘QING: Eng ko‘p qaysi smartfonlarning qalbakilari chiqyapti? (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!