iPhone egalarining xavfsizligi haqida Apple antiqa video chiqardi

  •   DiMaX
  •  680
  •  16.03.2019 09:21

iPhone egalarining xavfsizligi haqida Apple antiqa video chiqardi

Apple kompaniyasi yaqindagina o‘z smartfonlarining turli imkoniyatlarini aks ettiruvchi beshta videolavha e’lon qilgandi. Keyinroq esa iPhone’larning yana nimalarga qodirligini ko‘rsatuvchi yana to‘rtta rolik tarqatdi.

O‘QING: iPhone o‘z egasini muqarrar o‘limdan asrab qoldi!

Kuni kecha ushbu korporatsiyaning YouTube-kanalida paydo bo‘lgan navbatdagi lavha esa shaxsiy hayot himoyasiga bag‘ishlangan. Videolavhaning shiori: «Agarda maxfiylik sizning hayotingiz uchun ahamiyatli bo‘lsa, u sizning smartfoningiz uchun ham muhim bo‘lishi darkor».

Videorolikda kishilar o‘z shaxsiy hayotini begona ko‘zlardan qanday himoyalashlari ko‘rsatilgan qiziq lavhalar bor: eshiklarni yopish, derazalarni pardalar bilan to‘sish, shivirlab gaplashish va hokazo. Oxirida esa telefon ham sir saqlashni bilishi kerakligi ta’kidlanadi.

Apple korporatsiyasi iOS tizimida o‘z mijozlarining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligiga ko‘p urg‘u beradi. Aftidan, ushbu rolik Google’ning «jig‘iga tegish» uchun ishlangan, zero, uning Android operatsion tizimi shaxsga yo‘naltirilgan reklamani ko‘rsatish uchun foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini imkon qadar ko‘p yig‘adi.

O‘QING: Google’ning shaxsga yo‘naltirilgan reklamasini o‘chirish