iPhone Fold: xuddi haqiqiydek Apple buklamafonining 3D-videosi chiqdi

  •   DiMaX
  •  813
  •  24.02.2021 15:13

iPhone Fold: xuddi haqiqiydek Apple buklamafonining 3D-videosi chiqdi

Internetda xuddi haqiqiydek ko‘rinishga ega noodatiy iPhone’ning hali e’lon qilinmagan videotaqdimoti tarqaldi. Rolik 3D-rassom Svyatoslav Aleksandrov tomonidan yaratilgan, deya xabar bermoqda Daryo nashri.

O‘QING: Huawei Mate X2 chiqdi: 100 karra zumga ega Leica kamerali buklamafon! (+video)

Videoda Apple’ning yangi uch o‘lchamli modeli shakli jihatidan buklanuvchan ekranga ega Samsung Galaxy Z Fold 2’ni yodga soladi.

Ichki ekranning «qosh» qismi va biror qirqimi yo‘q, hoshiya ham ancha ingichka. Mish-mishlarga ko‘ra, buklanuvchi iPhone qurilmasi 6,7 dyuymli ekranga ega 12 Pro Max va 8 dyuymli iPad Mini o‘rtasidagi o‘rinni egallaydi. Videoda 8 dyuymli ichki ekranga ega smartfon namoyish etilgan bo‘lib, tashqi ekranining diagonali 6,3 dyuymni tashkil etadi.

Uchta modulga ega kamera va Lidar datchigi qurilmaning orqa tomoniga joylashtirilgan. Frontal kamerasi esa ichki ekranda «ko‘rinmas» holatga keltirilgan. Yana bir qiziq jihati — konseptual videodagi smartfon xuddi kelajakdagi iPhone 13 lineykasi kabi Apple A15 bazasiga asoslangan.

Apple’ning yangi qurilmasi haqiqatan qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum.

O‘QING: Xitoyning bu «o‘lmas» smartfoni iPhone 12 va Xiaomi Mi 10 Ultra’ni mag‘lub etdi! («jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!