iPhone gaplashayotganda «tashlab» yuboryaptimi? Qutulish yo‘li oson!

  •   DiMaX
  •  806
  •  18.10.2019 12:34

iPhone gaplashayotganda «tashlab» yuboryaptimi? Qutulish yo‘li oson!

Yaqinda taqdim etilgan iOS 13 operatsion tizimida o‘zbekcha klaviatura, to‘qrang rejim singari ko‘plab yangi qulayliklar mavjud. Agarda ushbu apdeyt haliyam kelmayotgan bo‘lsa, ayfonni «majburan» yangilash yo‘lini ma’lum qilganmiz. Ammo...

O‘QING: DIQQAT: iPhone’ingizni yangilamay turing, agarda...

iPhone’larning yangilarida ommaviy kamchilik uchrayotgani haqida xabar bergan edik. Endi esa, iOS 13 talqinigacha yangilagan har qanday ayfon foydalanuvchilari jiddiy muammoga duch kelishmoqda. Apple rasmiy forumidagi shikoyatlarga qaraganda, kishilar iPhone orqali gaplasha boshlashi bilan aloqa uzilib qolyapti ekan. Mazkur muammo barcha modellardagi ayfonlarda, iOS 13.1.2 hamda iOS 13.1.3 tizim talqinlarida, hatto iOS 13.2 beta-versiyalarida ham saqlanib qolmoqda.

Apple mazkur bagni keyingi yangilanishlarda bartaraf etsa kerak, ammo buni kutib o‘tirmasdan, ayfoningizni o‘zingiz ham sozlay olasiz. Buning uchun «Nastroyki» menyusidagi «Osnovnie» bo‘limiga kirasiz, «Sbros» qismiga o‘tasiz va «Sbrosit nastroyki seti» bandini tanlaysiz.

Bunda smartfonning tarmoq sozlamalari yangilanadi – dastlabki holatiga qaytariladi. Uning natijasini keyingi qo‘ng‘iroqdayoq sezasiz.

O‘QING: Kim qo‘ng‘iroq qilayotganini iPhone’ni qo‘lingizga olmay turib aniqlash yo‘li bor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.