iPhone, iPad va boshqa Apple devayslari uchun 2019 yilning eng zo‘r ilova hamda o‘yinlari

  •   DiMaX
  •  2237
  •  03.12.2019 16:53

iPhone, iPad va boshqa Apple devayslari uchun 2019 yilning eng zo‘r ilova hamda o‘yinlari

Apple kompaniyasi yil yakunlarini chiqarib, o‘z platformalari uchun App Store’dagi eng yaxshi takliflar reytingini e’lon qildi. Jumladan, korporatsiyaning turli devayslari uchun eng yaxshi deb topilgan ilovalar va o‘yinlar ro‘yxati taqdim etilgan.

O‘QING: Mobil o‘yinlar tarixida misli ko‘rilmagan rekord! (+video)

Shunday qilib, Apple qurilmalari uchun eng yaxshi deya e’tirof etilgan o‘yinlar ro‘yxatini quyida keltirmoqdamiz, har birining nomiga o‘rnatilgan havola orqali ularni yuklab olish sahifasiga o‘tishingiz mumkin:

iPhone uchun yil o‘yini: Sky: Children of the Light – bir nechta foydalanuvchi ishtirokidagi kvest. Unda geymerlar ulkan dunyoni o‘rganib chiqishadi, jumboqlarni yechishadi va boshqa o‘yinchilar bilan tanishishadi.

iPad uchun yil o‘yini: Hyper Light Drifter – dinamik jangovar tizimga ega, piksel-art uslubidagi slesher. O‘yin sanoatiga ixtisoslashgan ko‘plab nashrlar uni zo‘r, deya e’tirof etishgan.

Mac uchun yil o‘yini: GRIS – meditativ platformer-jumboq bo‘lib, og‘ir judolikka uchragan qizning boshdan kechirgan qayg‘uli voqealari haqida.

Apple TV uchun yil o‘yini: Wonder Boy: The Dragon’s Trap – klassik platformer-o‘yinning yangilangan nashri. Unda grafika takomillashtirilgan va badiiy elementlar bilan qayta rejissura qilingan.

O‘QING: Eng murakkab o‘yin: «Iloncha» va «Tetris» chatishmasida kuchingizni sinab ko‘ring!

Kupertinolik korporatsiya o‘zining devayslari uchun eng yaxshi ilovalar sifatida quyidagilarni sanab o‘tgan (nomlaridagi havola orqali yuklab olish mumkin):

iPhone uchun yil ilovasi: Spectre Camera – kamerani boshqarishga mo‘ljallangan dastur bo‘lib, bir qator foydali funksiyalarga ega.

iPad uchun yil ilovasi: Flow by Moleskine – grafik qaydlar yaratish yoki shunchaki rasmlar chizish uchun sketchbuk.

Mac uchun yil ilovasi: Affinity Publisher nashr etiladigan mahsulotlarni sahifalashga mo‘ljallangan professional dastur.

Apple TV uchun yil ilovasi: The Explorers – butun dunyodan olingan suratlar va videolavhalar jamlanmasi.

Apple qurilmalari egalari mazkur dasturiy ta’minot mahsulotlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

O‘QING: Mashhur narkobaronning akasi eng arzon buklamafon taqdim etdi va Apple’ni yakson qilishga so‘z berdi!