iPhone, iPad yoki iPod’ga yangi – iOS 12 o‘zi kelmasa, proshivkani yuklab olib yangilash uchun tayyor havolalar bor!

  •   DiMaX
  •  1400
  •  18.09.2018 18:11

iPhone, iPad yoki iPod’ga yangi – iOS 12 o‘zi kelmasa, proshivkani yuklab olib yangilash uchun tayyor havolalar bor!

Nihoyat, Apple korporatsiyasi iOS 12 operatsion tizimining yakuniy versiyasini ham taqdim etdi. Proshivkalar «havo orqali» (OTA – On The Air) hamda iTunes orqali allaqachon tarqatila boshlagan.

O‘QING: iOS 12 yangilanishi boshlandi: endi eski iPhone’larga ham jon kiradi

Xabar berganimizdek, yangilanish butun dunyo bo‘ylab barcha uchun asta-sekin tarqatilmoqda, shu bois ko‘pchilik hali ozroq kutib turishiga to‘g‘ri keladi. Ammo kutishni xohlamaydigan, shuningdek turli sabablarga ko‘ra qurilmasiga yangilanish kelmagan foydalanuvchilar uchun MacDigger nashri har bir modelga mos proshivkani to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish havolalarini tayyorlagan.

QAYSI MODELLAR YaNGILANADI?

Demak, iOS 12 talqinidagi proshivkani qabul qiluvchi iPhone, iPad va iPod’lar ro‘yxati bilan tanishing, har birining nomiga o‘rnatilgan havola orqali unga mos proshivkani to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish mumkin:

PROShIVKANI QANDAY O‘RNATAMIZ?

Avvalo, yangi proshivkani o‘rnatishdan oldin qurilmangizning zaxira nusxasini yaratib, kerakli barcha ma’lumotlaringizni «bulutli» servisda yoki kompyuterda saqlab qo‘ying. Keyin esa yangilanayotgan qurilmangiz xotirasida iOS 12’ni o‘rnatish uchun bo‘sh joy yetarli ekanligiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, batareyaning quvvati ham 50 foizdan kam bo‘lmasligi kerak (yaxshisi, to‘liq quvvatlab oling).

Keyingi qadamlar esa quyidagicha:

  • iTunes’ni oxirgi versiyasiga qadar yangilang;
  • Gadjetingizni kompyuterga ulab, iTunes’ni ishga tushiring;
  • «Obzor» bo‘limiga o‘ting;
  • «Option» (alt) klavishini va «Yangilash» («Obnovit») tugmachasini bosing;
  • Ochilgan oynada yuqoridagi havola orqali yuklab olingan proshivka faylini tanlang.

Yangi proshivka o‘rnatilib bo‘lgach, qurilmangiz yana bir marta o‘chib-yonadi va shu bilan barchasi tayyor!

O‘QING: iOS 12'da yana bir qiziq funksiya paydo bo‘ldi