iPhone’larni atay sekinlashtirgani sababli Apple’ni sudga berishdi

  •   DiMaX
  •  1109
  •  22.12.2017 13:36

iPhone’larni atay sekinlashtirgani sababli Apple’ni sudga berishdi

Avval xabar berganimizdek, Apple kompaniyasi 1 yildan 3 yilgacha ishlatilgan ayfonlarining ishlash samaradorligini ataylabdan pasaytirib qo‘yishi aniqlangan. Bu to‘g‘rida xalqaro ommaviy axborot vositalari jar solgach, jahonning taniqli laboratoriyalari vaziyatni o‘rganishga kirishib ketishgan. Taniqli Geekbench benchmarki asoschisi bo‘lgan Primate Labs kompaniyasi ekspertlari ham ushbu holatni tekshirib ko‘rib, tasdiqlashgan. Natijada kupertinolik gigant chindan ham shunday qilib kelayotganligini tan olishga majbur bo‘lgan.

O‘QING: Geekbench Apple'ning muxlislariga nisbatan xiyonatini fosh qildi

Shu masala bo‘yicha Los-Anjeles hamda Chikago aholisi Apple kompaniyasiga qarshi jamoaviy ariza bilan sudga murojaat etishdi, deb yozadi iGuides nashri. Da’vogarlar ishlab chiqaruvchidan bunday qilishni to‘xtatishini, yangi qurilmalar xaridiga sarflangan mablag‘larni qoplab berishini hamda ma’naviy zararni ham qoplashini talab etishmoqda.

O‘QING: Apple iPhone'dagi tezkorlik pasaytirilishini tasdiqladi

Arizachilarning fikricha, Apple ataylab – har yili yanada ko‘proq foydalanuvchilar yangi ayfonlarni xarid qilishlari uchun oldingi modellarning samaradorligini sun’iy tarzda pasaytirib kelmoqda. Biroq arizada masalaning texnik jihati e’tiborga olinmagan – axir, bir necha bor quvvatlashlar natijasida litiyli akkumulyatorlarning tabiiy eskirishi ham bor-ku.

O‘QING: Akkumulyator turlari: litiy-ionli yaxshimi yoki litiy-polimerli?

Voqealar rivojini biz bilan kuzating.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!