iPhone’larning ko‘pchilik bilmaydigan imkoniyatlarini Apple beshta videoda ko‘rsatib berdi

  •   DiMaX
  •  2458
  •  07.03.2019 13:12

iPhone’larning ko‘pchilik bilmaydigan imkoniyatlarini Apple beshta videoda ko‘rsatib berdi

Apple kompaniyasi o‘zining YouTube-kanali orqali beshta videorolik e’lon qildi. Ular iPhone’larning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan ayrim imkoniyatlarini o‘rgatuvchi yo‘riqnomalardir.

O‘QING: iPhone’da g‘ayrioddiy suratga tushirish yo‘llarini Apple ko‘rsatib berdi (videolar)

Birinchi lavha Safari brauzeri orqali matnli kontekstni ko‘rayotganda mutolaa rejimiga qanday o‘tishni aks ettiradi:

Ikkinchi videorolikda esa fotosuratni topish uchun, unda aks etgan ob’yektni qidiruv qatoriga yozish orqali izlash usuli ko‘rsatib berilgan:

Uchinchi video rulda payti iPhone chalg‘itmasligi uchun unda bildirishnomalarni qanday o‘chirib qo‘yishga bag‘ishlangan:

To‘rtinchi rolikda esa, internetsiz ham suratlarni boshqalarga uzatish usuli ko‘rsatib berilgan:

Beshinchi videolavhada bo‘lsa, elektron kitoblarni o‘qish o‘rniga ularni ayfonning o‘ziga o‘qitib tinglash o‘rgatilgan:

Aytish kerakki, biror qurilmasining ustunliklari yoki o‘zgacha imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi roliklarni kupertinolik korporatsiya avval ham e’lon qilgan.

O‘QING: iPhone XR’ning asosiy afzalliklarini Apple antiqa reklama roligida ko‘rsatib berdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!