iPhone Microsoft’ga bo‘lgan kuchli nafratning mevasi bo‘lgan

iPhone Microsoft’ga bo‘lgan kuchli nafratning mevasi bo‘lgan

iOS operatsion tizimining dasturchilaridan biri Skott Forstall 2012 yilda Apple korporatsiyasidan ketgach, ilk marotaba kuni kecha Kaliforniya kompyuter tarixi muzeyining tele-shousida intervyu berdi. Apple’ning sobiq top-menedjerlaridan biri iPhone va iPad gadjetlarining yaratilish tarixi xususida batafsil to‘xtaldi.

Forstallning so‘zlariga ko‘ra, iPhone smartfonining ishlab chiqarilishi, aniqrog‘i ayfon qurilmasining konsepsiyasi Stiv Jobsning Microsoft korporatsiyasida xizmat qilgan bir mansabdor xodimga nisbatan bo‘lgan nafratining mevasidir. Dasturchi gap aynan kim haqida borayotganiga oydinlik kiritmagan.

“Stiv Jobs har gal ish yuzasidan o‘sha shaxs bilan gaplashgach, zardasi qaynar, darg‘azab kayfiyatga tushar edi”, deb eslaydi Apple’ning sobiq xodimi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Stiv hamda Microsoft’dagi o‘sha mansabdorning turmush o‘rtoqlari ham yaqin dugonalar bo‘lishgan. Stivda bir vaqtlar sodir bo‘lgan mualliflik huquqi bilan bog‘liq tortishuvlar sabab Microsoft’ga nisbatan nafrat saqlanib qolgan va tadbirkor o‘ziga xos gadjet yaratib, raqibidan kuchli ekanini ko‘rsatib qo‘yishga uringan.

Suhbatda qayd etilishicha, Microsoft mutaxassisi planshetlarni maxsus stiluslari bilan ishlab chiqarish zarurligini, shunda yanayam bu gadjetlar ommalashishini aytsa, Jobs bu fikrga qarshi chiqqan va insonga Yaratgan tomonidan 10 ta stilus qalamchalari (barmoqlar) berilganini, displey aynan shunga moslshabi taraqqiy etishi zarurligini aytgan. Ularning elektronika bo‘yicha tasavvurlari doimo zid bo‘lgan.

iPad’ni ishlab chiqarish iPhone’gacha boshlab yuborilgan bo‘lgan. Ilk ayfon rejadagidan 3 yil avval — 2007 yilda taqdim qilingan. Jobs bir nechta nuqtaga berilgan buyruqni amalga oshiradigan ilk planshet displeyini yaratgan. Bunday displeyda, misol uchun, suratni ochish va uning turli burchaklarini tortib kattalashtirish mumkin bo‘lgan. Bunda planshet faqatgina barmoqlar yordamida boshqarilgan. Jobsning fikricha, sensor ekran albatta qo‘lda boshqarilishi kerak.

Apple asoschisi hayotdan ko‘z yumgach, kompaniya iPad uchun Pencil «aqlli» stilusini taqdim qilgan. Bu gadjet rassom va dizaynerlar uchun raqamli qalam vazifasini bajaradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!